calendar 16 May 09:31
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Slovakiya Bosh vaziriga uyushtirilgan suiqasd haqida dunyo liderlari nima deydi? 

image

Bugun, 15 may kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi – unga hukumat majlisidan chiqqan paytida o‘q uzildi. Avvalroq, siyosatchining ahvoli og‘irligi, hujumchi qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.

Voqea sabablari hozircha noma’lum. Robert Fitso oshqozon va ko‘krak qafasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Xalqaro maydonda ushbu hujum qo‘rquv va g‘azab bilan qarshi olindi. Qator dunyo mamlakatlari yetakchilari ushbu holatga nisbatan o‘z reaksiyalarini bildirishdi.

Zuzana Chaputova, Slovakiyaning amaldagi Prezidenti:

"Bugun Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga qilingan shafqatsiz hujumdan qattiq dahshatga tushdim va uni juda qattiq qoralayman. Ushbu qiyin daqiqalarda uning tezroq tuzalib ketishini tilayman. Men uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiraman.

Peter Pellegrini, sobiq bosh vazir, Slovakiyaning yangi saylangan Prezidenti:

"Bosh vazirga suiqasd hozirgacha Slovakiya demokratiyasini bezab turgan hamma narsaga xavf tug‘diradi. Boshqacha siyosiy qarashga nisbatan nafrat nimaga olib kelishi mumkinligidan dahshatga tushdim. Biz hamma narsada kelisha olishimiz shart emas, lekin noroziligimizni demokratik va qonuniy yo‘l bilan ifodalashimiz kerak.Oliy darajadagi amaldorlardan biriga suiqasd Slovakiya demokratiyasi uchun misli ko‘rilmagan tahdiddir. Agar biz turli siyosiy qarashlarni saylov uchastkalarida emas, balki maydonlarda qurol bilan ifodalasak, Slovakiya suverenitetining 31 yili davomida birgalikda qurgan barcha narsamizni xavf ostiga qo‘yamiz. Bosh vazirga shifo tilayman", degan u.

Vladimir Zelenskiy, Ukraina Prezidenti:

"Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga qilingan hujum chindan dahshatli. Biz hamkor davlat hukumati rahbariga nisbatan qilingan bu zo‘ravonlikni keskin qoralaymiz. Har qanday davlatda, har qanday holatda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz Robertning tezroq tuzalib ketishini tilaymiz va Slovakiya xalqi bilan birdammiz", deyiladi Zelenskiyning munosabatida.

Ursula fon der Lyayen, Yevrokomissiya rahbari:

"Bosh vazir Robert Fitsoga qilingan dahshatli hujumni keskin qoralayman. Bunday zo‘ravonliklarga jamiyatimizda o‘rin yo‘q. Ushbu suiqasd eng qimmatli umumiy qadriyatimiz bo‘lgan demokratiyaga putur yetkazadi. Men Bosh vazir Fitso va uning oilasiga hamdardlik bildiraman", deydi Yevrokomissiya rahbari.

Yens Stoltenberg, NATO Bosh kotibi:

"Bosh vazir Robert Fitso otib tashlanganidan hamon shokdaman. Tezroq tuzalib ketishi uchun unga kuch tilayman. Men Robert Fitso, uning yaqinlari va Slovakiya xalqiga hamdardlik bildiraman", degan Stoltenberg.

Olaf Shols, Germaniya federal kansleri:

"Slovakiya Bosh vaziri Fitsoga qo‘rqoqlarcha hujum qilingani haqidagi xabar meni qattiq hayratda qoldirdi. Yevropa siyosatida zo‘ravonlik bo‘lmasligi kerak. Shu soatlarda men Robert Fitso uchun qayg‘udaman", deydi kansler.

Viktor Orban, Vengriya Bosh vaziri:

"Do‘stim, Bosh vazir Robert Fitsoga qilingan jirkanch hujumdan qattiq ranjidim. Uning sog‘lig‘i va tezroq tuzalib ketishi uchun ibodat qilamiz! Xudo uni va yurtini asrasin!" degan Orban.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi:

"Biz Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga qilingan suiqasdni keskin qoralaymiz. Siyosatchilar, amaldorlarga qarshi hujum va zo‘ravonlik harakatlariga – ularning maqsadlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar 21-asrda o‘rin yo‘q", deyiladi bayonotda. 

Vladimir Putin, Rossiya Prezidenti:

"Hurmatli Prezident xonim, Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirilgani meni g‘azablantirdi. Bu dahshatli jinoyatni oqlab bo‘lmaydi. Men Robert Fitsoni jasur va irodali inson sifatida bilaman. Umid qilamanki, bu fazilatlar unga ushbu qiyin vaziyatda omon qolishiga yordam beradi. Iltimos, unga eng samimiy so‘zlarimizni yetkazing! Biz ham uning tezroq sog‘ayib, oyoqqa turishiga tilakdoshmiz", degan Rossiya rahbari.

Ma’lumot uchun, Robert Fitso 2023 yil oktyabrida parlament saylovlarida uning "Kurs – sotsial demokratiya" partiyasi g‘olib chiqqach, hukumat rahbarligiga kelgandi. Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Robert Fitso Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshi ekanini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 20:36
 
93
0
qalampir.uz

Armanistonda An-2 samolyoti halokatga uchradi

An-2 samolyoti Armanistonning Kotayk viloyati hududiga qulab tushdi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Armenpress” xabar berdi. “19 iyul kuni soat 09:30 da Kotayk viloyati Qutqaruv boshqarmasi markaziga Yegvard shahri yaqinidagi “Lcher” deb nomlangan hududda samolyot qulagani, halok bo‘lganlar borligi haqida xabar kelib tushgan”, deyiladi Ichki ishlar vazirligi bayonotida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo

26 Jul 15:26
 
54
0
xs.uz

Shimoliy Koreya keng koʻlamdagi kiber jinoyatlarni amalga oshirayotgani aytilmoqda

Shimoliy Koreya xakerlari butun dunyo boʻylab hukumatlar va xususiy kompaniyalarning yadro hamda harbiy sirlarini oʻgʻirlashga urinmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya ogohlantirmoqda.Ushbu davlatlarga koʻra, 'Andariel' va 'Onyx Sleet' nomlari bilan mashhur guruh Pxenyanning harbiy va yadroviy dasturlari va maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida maxfiy maʼlumotlarni olish uchun mudofaa, ayerokosmik, yadro hamda muhandislik sohalarini nishonga oladi.Guruh uranni qayta ishlash

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

27 Jul 09:17
 
70
0
qalampir.uz

YeI Rossiya aktivlaridan tushgan foydani ilk marta Ukrainaga berdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani birinchi marta Kiyevga o‘tkazib berdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.  Qayd etilishicha, aktivlaridan tushgan 1,5 milliard yevro miqdordagi foyda Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. YeI rahbarining ta’kidlashicha, buning uchun Moskvaning pullaridan foydalanish eng yaxshi variant