calendar 15 May 11:38
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Rossiya hukumatining yangi tarkibini tasdiqladi (ro‘yxat)

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari va idora rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.

Putin xavfsizlik bloki vazirlari va TIV rahbarini tasdiqladi. Andrey Belousov Mudofaa vaziri bo‘ldi; Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlari lavozimlarini mos ravishda Vladimir Kolokolsev va Aleksandr Kurenkov saqlab qoldi.

Sergey Lavrov Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib qayta tayinlandi, Konstantin Chuychenko esa Adliya vazirligi rahbari sifatida qoldi.

Shuningdek,

  • Tabiiy resurslar vazirligi – Aleksandr Kozlov
  • Mehnat vazirligi – Anton Kotyakov,
  • Ta’lim vazirligi – Sergey Kravsov,
  • Madaniyat vazirligi – Olga Lyubimova,
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi – Mixail Murashko,
  • Iqtisodiy rivojlanish vazirligi – Maksim Reshetnikov,
  • Moliya vazirligi – Anton Siluanov,
  • Qurilish vazirligi – Irek Fayzullin,
  • Ilm fan vazirligi – Valeriy Falkov,
  • Sharqiy rivojlanish vazirligi – Aleksey Chekunkov,
  • Raqamli rivojlanish vazirligi – Maqsut Shadayev.

Anton Alixonov (Sanoat va savdo vaziri), Mixail Degtyarev (Sport vaziri), Oksana Lut (Qishloq xo‘jaligi vaziri), Roman Starovoyt (Transport vaziri) va Sergey Sivilev (Energetika vaziri) birinchi marta vazirlik portfellarini oldi.

Bundan tashqari, Putin prezident ma’muriyati rahbariyatiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.

Birinchi marta Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Nikolay Patrushev va Tula viloyatining sobiq gubernatori Aleksey Dyumin davlat rahbarining yordamchilari bo‘ldi.

Vladimir Putin Denis Manturovni Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinladi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimlari uchun: Tatyana Golikova, Aleksandr Novak, Aleksey Overchuk, Dmitriy Patrushev, Vitaliy Savelev, Marat Xusnullin, Dmitriy Chernishenko, Dmitriy Grigorenko va Yuriy Trutnev.

Grigorenko hukumat apparati rahbari Yuriy Trutnev esa Pezidentning Uzoq Sharq federal okrugidagi vakolatli vakili etib tayinlandi.

Hukumat tarkibiga jami besh nafar yangi shaxs kelgan va Vazirlar Mahkamasi tarkibi deyarli 16 foizga yangilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 21:54
 
92
0
qalampir.uz

Nyu-Yorkda oila a’zolarini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 200 yilga qamalishi mumkin

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketilgani, qurbonlar qotilning 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlari ekanligi haqida xabar berilgandi. Bruklinda ushbu qotillikni sodir etgan shaxsning ismi Shahboz Rajabboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “New York Daily News” xabar berdi. Nyu-York politsiyasi kecha, 21 iyul kuni Bruklindagi qotillikni sodir etgan 24 yoshli erkakka qarshi rasmiy ayblovni e

20 Jul 16:07
 
65
0
qalampir.uz

Bayden keyingi haftada saylovoldi kampaniyasini davom ettirmoqchi

AQSH Prezidenti Jo Bayden kelasi hafta saylovoldi tashviqoti tadbirlarida ishtirok etishni davom ettirish niyatida. Bu haqda Amerika yetakchisining saylovoldi shtab-kvartirasi tarqatgan bayonotida so‘z boradi. “Kelgusi hafta saylovoldi tashviqotiga qaytishni intiqlik bilan kutaman, bunda Donald Trampning 2025 yil loyihasidan kelib chiqadigan tahdidni yana bir bor ta’kidlab, o‘zimning yutuqlarim va Amerikaga bo‘lgan qarashlarim, demokratik tizimimizni saqlab qolish, huquq va er

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha