E’tiborlisi shundaki, 2023-yil davomida ko‘makchilar ishtirokida 125 ta jinoyat «issiq izida» fosh etildi, 13 nafar qidiruvdagi jinoyatchi aniqlanib, ushlandi. Yosh xodimlarni kasbga sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida o‘tgan yili boshqarma rahbariyati yana bir tashabbusni ilgari surdi. O‘zi yashaydigan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan 560 nafar faxriy yangi ish boshlagan yosh mutaxassislarga sohalari bo‘yicha ustoz-murabbiy sifatida biriktirildi.
Bundan tashqari, profilaktik hisobga olingan 502 nafar voyaga yetmaganga o‘zlari yashaydigan mahallada yashovchi ichki ishlar organlari faxriylaridan tarbiyachilar tayinlandi. Hozirda faxriylar profilaktika inspektori va mahalla faollari bilan hamkorlikda tarbiyasi og‘ir har bir bola bilan individual ish olib borib, ularni jinoyat ko‘chasidan qaytarishga o‘git va maslahatlari bilan amaliy yordam berishmoqda. Bu tashabbus ham ijobiy natija berib, voyaga yetmaganlar orasidagi salbiy holatlar kamayishiga erishildi.
Shu o‘rinda yana bir ijobiy tajriba xususida to‘xtalsak. Viloyat hududida 1150 ta mahalla mavjud bo‘lib, 2022-yil yakuniga ko‘ra, ulardan 409 tasi «qizil» hududga kiritilgan edi. Ushbu mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida faxriylardan mahalla raislariga maslahatchi, profilaktika inspektorlariga ustoz-murabbiylar biriktirildi. Bu sa’y-harakat ham amaliyotda o‘zini oqladi va 2023-yil yakuni bo‘yicha «qizil» hududdagi mahallalarning 164 tasi «yashil» hududga o‘tdi.
Leytenant Jasurbek Muqimjonov IIV Akademiyasini tamomlab, sohada xizmat boshlaganiga endigina 3 yil bo‘ldi. Ayni paytda Farg‘ona shahridagi Abdulla Qodiriy nomli mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori. Yosh xodim xizmatni to‘g‘ri tashkil etish va jinoyatchilikni jilovlashda faxriylar maslahatiga quloq tutib kam bo‘lgani yo‘q.
– Shu hududda istiqomat qiluvchi ichki ishlar organlari faxriylari, iste’fodagi katta leytenant Boyo‘g‘lon Gusainov hamda iste’fodagi kapitan Abdupatto Mamatovlar huquq-tartibot maskanimizga tez-tez kelib, murabbiy sifatida o‘z tajribalarini o‘rgatib bormoqda, – deydi u. – Bundan tashqari, shahar IIOFMB boshlig‘ining maslahatchisi, iste’fodagi podpolkovnik Tavakkaljon Rahmatullayev hamda Faxriylar kengashi a’zolari birgalikda jinoyatchilikni jilovlashda biz — yoshlarga ko‘mak berishyapti. Faxriylarning yo‘l-yo‘rig‘i va amaliy yordami bilan men xizmat olib borayotgan mahalla 2023-yil yakuniga ko‘ra, «qizil» toifadan «sariq» hududga o‘tdi. Joriy yilda esa jinoyatchilikni butunlay jilovlab, mahallani «yashil» hududga aylantirish niyatida ish olib boryapmiz.
Shaharning «Zarbdor» mahallasi esa 2023-yil yakuni bo‘yicha «sariq»dan «yashil» toifaga o‘tdi, ya’ni jinoyatchilik umuman qayd etilmadi. Buning eng asosiy sababi mahallaga ichki ishlar organlarida 30 yil xizmat qilgan iste’fodagi podpolkovnik Muqimjon Ahmedovning rais etib saylanganidir.
Profilaktika inspektorimiz – leytenant Ozodbek Turdixo‘jayev oliy o‘quv yurtini tamomlab, sohada xizmatni boshlaganiga endigina bir yil bo‘ldi, – deydi tajribali rais. – Uning yosh xodim ekanligini hisobga olib, ustoz sifatida bilmaganlarini o‘rgatyapman. Jinoyatchilikning oldini olishda eng maqbul yo‘l bu profilaktika hisoblanadi. Shu bois har kuni inspektor bilan birga ko‘chalarni aylanib, «xonadonbay» va «fuqarobay» o‘rganishlar olib boramiz. Ana shu usulda ishlab, mahallamizni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirdik.
Shaharning «Beglar» mahallasida yashovchi iste’fodagi podpolkovnik Ulug‘bek Baratov ham o‘zi yashaydigan mahalla profilaktika inspektori, leytenant Doston Rustamov bilan «ustoz-shogird» an’anasi asosida namunali ishlarni olib borayotir. Iste’fodagi podpolkovniklar Azamjon Murotov, Ibrohim Xoliqov, Abduqayum Kenjayev, iste’fodagi mayor O‘rmonjon Qodirov, iste’fodagi katta serjant Shermat Bo‘stonov kabi fidoyi faxriylar ham murabbiy sifatida yosh xodimlarni kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashga kamarbasta bo‘lishmoqda.
Yana bir e’tiborli misol: farg‘onalik ichki ishlar organlari faxriylaridan 3 nafari shahar-tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida ish olib borayotgan bo‘lsa, 119 nafar faxriy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylangan.
Muxtasar aytganda, faxriylarning yosh xodimlarga murabbiy sifatida biriktirilishi ularning malaka va tajribasini mustahkamlashda, kasb mahoratini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, ustozlar tajribasi va shogirdlar shijoati uyg‘unlashgani jinoyatchilikni jilovlashda juda qo‘l kelyapti.
Abduvosit SIDIQOV,
o‘z muxbirimiz.
Farg‘ona viloyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli yigʻilish ishtirokchilari!Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.Biz kecha Xalqaro investitsiya forumida iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish masalalarini, strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni atroflicha muhokama qildik.Bugun esa sizlar bilan tajriba almashish, aniq loyihalaringizni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar boʻyicha yaqindan maslahatlashib olamiz.B
Bugun Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali start oladi
Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali' oʻtkazilib kelinmoqda.Mazkur f
Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj
Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do