calendar 14 Mar 07:22
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahallaga traktor olib berildi

image
Ahmadali Shernazarov/'Xalq soʻzi'. Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahalla fuqarolar yigʻiniga lizing asosida 1 tadan mini traktor tarqatildi.

Mazkur texnika vositasi mahalla hisobi (balansi)da turadi va aholi tomorqalaridagi agrotexnik tadbirlarni bajarishga xizmat qiladi. U orqali yordamga muhtoj oilalarning tomorqalaridagi ishlar tekinga bajarib beriladi.

Ushbu traktorlarning lizing mablagʻi 7-yil davomida toʻlanadi. Lizingning dastlabki toʻlovlari Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi 'Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Farmoniga asosan Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilanmoqda.

Sirdaryo viloyatida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi yana bir yangilik shuki, tomorqasidan samarali foydalanib, yuqori natijaga erishayotgan tajribali fuqarolar oʻzlari yashayotgan mahallaga agronom etib tayinlanishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:00
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 11-aprel kuni havo harorati 32 daraja issiq boʻladi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 24-26html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli b

11 Apr 14:01
 
42
0
xs.uz

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali 'mahalla yettiligi'ning tavsiyasi bila

10 May 13:32
 
27
0
qalampir.uz

Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi (video)

Bugun, 8 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi mebel korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, soat 11:25 da tumanning Muxtor Ashrafiy ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 5 daqiqa ichida aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari hozir ham davom etmoqda. Ma’lum

10 May 21:30
 
26
0
qalampir.uz

Maktabdagi qartabozlik bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi (video)

Avvalroq, ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Maktabmi bu yoki qimorxona?" sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Tasvirlarda bir necha o‘quvchilarning dars paytida qarta o‘ynab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qo‘shimcha izoh berdi. Unga ko‘ra, videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022/2023-o‘quv yilining taxminan oktyabr–noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18