calendar 12 May 16:52
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxoroda firibgar vrach qo‘lga tushdi

image

Buxoro viloyatining Jondor tumanida fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan Tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, shifokor bemorni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan va undan 200 AQSH dollari so‘ragan.

2024 yil 25 aprel kuni Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Jondor tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida ushbu shaxs Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda pul evaziga Kanadaga jo‘natishni va’da qilgan firibgar ushlangan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Jul 13:49
 
34
0
qalampir.uz

Marg‘ilonda uyida 37 kg giyohvand modda saqlagan shaxs ushlandi

Joriy yilning 29 iyun kuni marg‘ilonlik fuqaroning bog‘idan 37 kilogrammdan ziyod narkotik va marixuana butalar topildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha,  Farg‘ona viloyati IIB hamda Marg‘ilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2024” tadbirida 1971 yilda tug‘ilgan, “Tuyagum” MFYda yashovchi A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Ma’lum

01 Jul 13:47
 
47
0
qalampir.uz

Chirchiqda sotuvchi ayol o‘zini yoqib yuborishga urindi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sotuvchi ayol o‘zini yoqib yuborishga urindi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. Chirchiq shahar IIB TQX TQKG xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu  shaxs 1978 yilda viloyatning Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan  M.K  ismli ayol ekani aniqlandi. Qayd etilishicha, ayol joriy yilning taxminan 10 iyun kunlari savdo qoidalarini buzayotganligi sababli Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomo

22 Jul 13:14
 
26
0
qalampir.uz

Bolaning yuziga tarsaki urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik yuzasidan sodir qilgan xatti-harakatlari uchun Ma

19 Jul 16:16
 
38
0
qalampir.uz

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

2024 yilning birinchi yarmida litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa “litsenziya”ga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda mehmon sifatida ishtirok etmoqda. “Vaholanki, har qanday  san’atkor o‘z