calendar 02 Jul 13:49
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Marg‘ilonda uyida 37 kg giyohvand modda saqlagan shaxs ushlandi

image

Joriy yilning 29 iyun kuni marg‘ilonlik fuqaroning bog‘idan 37 kilogrammdan ziyod narkotik va marixuana butalar topildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha,  Farg‘ona viloyati IIB hamda Marg‘ilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2024” tadbirida 1971 yilda tug‘ilgan, “Tuyagum” MFYda yashovchi A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, A.K. 10 dona 3 litrli idishda 12 kg 537 gr ko‘knori boshoqlarini, 2 dona 3 litrli idishda 2 kg 570 gr marixuana moddasini, oq polietilen paketda esa 41 gr gashish giyohvandlik moddasini hamda oq polietilen qopda 22 kg 550 gr ko‘knori somonini saqlab kelayotganligi aniqlangan. Jami olingan giyohvand moddalar miqdori 37 kilogrammdan ziyodni tashkil qildi.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondan olib kelingan jami 25,8 kg gashishni sotayotganlar aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:08
 
60
0
xs.uz

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

' Institutda tahsil olgan toʻrt yilni hayotimning eng baxtli onlari deb hisoblayman, ' deydi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinib, pedagog degan sharafli nomga sazovor boʻlgan Fariza Amonboyeva. ' Taʼlim olish bilan birga, turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim Bugun oʻzimning Tomdi tumanidagi olis 'Chuqurquduq' qishlogʻimga qaytib, mamlakatimiz, Yurtboshimiz bildirgan ishonchni oʻz mehnatim bilan oqlayman.Bitiruvchilarga diplomlarni to

15 Jul 12:03
 
59
0
qalampir.uz

Andijonda ko‘prik qulab tushdi (video)

Andijon viloyatida kuchli sel tufayli viloyatning Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. “Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda. Qayd etilishicha, sodir

11 Jul 21:26
 
85
0
qalampir.uz

Ayrim toifa uchun kuz-qish mavsumida elektr to‘lovi to‘lab beriladi

Noyabr oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kuz-qish mavsumi uchun elektr energiyasi to‘lovi to‘lab beriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev bugun, 11 iyul kuni o‘tkazilgan press-turda ma’lum qildi.  Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berilmaydigan hududlarda yashovchi aholida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishi va bu holatda 200 kVtlik ijtimoiy norma kamlik qilishi hisobga olinganm

15 Jul 12:03
 
84
0
qalampir.uz

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet ertaga, 15 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa mu