calendar 15 Jul 12:03
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda ko‘prik qulab tushdi (video)

image

Andijon viloyatida kuchli sel tufayli viloyatning Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

“Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q. Boshqa barcha holatlar bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham ko‘prik qulab tushgandi. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining Jondor tumani hududidan o‘tgan Zarafshon daryosi ustidagi ko‘prik qulagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:30
 
103
0
xs.uz

Oʻzbekistonda elektrosamokatlar tezligiga cheklov qoʻyildi

Unga koʻra, individual harakatlanish vositalarini (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monogʻildirak va boshqa shunga oʻxshash vositalar) boshqarayotgan shaxslar yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalarida soatiga 10 kilometrdan oshmaydigan tezlikda, ular boʻlmaganda esa yoʻl chetida soatiga 20 kilometrdan yuqori boʻlmagan tezlikda harakatlanishi kerak boʻladi.Elektrosamokatlarni velosipedchi

24 Aug 17:26
 
8
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib faoliyat yuritgan psixologlarga javobgarlik belgilanmoqda 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholiga psixologik yo

19 Jul 23:23
 
67
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yarim yilda qancha fuqaro ozodlikdan mahrum qilingani ochiqlandi

Maʼlum qilinishicha, shu davrda 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 516 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.Shuningdek, 3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum