calendar 11 Jul 21:26
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ayrim toifa uchun kuz-qish mavsumida elektr to‘lovi to‘lab beriladi

image

Noyabr oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kuz-qish mavsumi uchun elektr energiyasi to‘lovi to‘lab beriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev bugun, 11 iyul kuni o‘tkazilgan press-turda ma’lum qildi. 

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berilmaydigan hududlarda yashovchi aholida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishi va bu holatda 200 kVtlik ijtimoiy norma kamlik qilishi hisobga olinganmi? Ushbu savolga javob berar ekan, HET boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bu masala yuzasidan muhokamalar bo‘layotganini ma’lum qildi. 

“Bu bo‘yicha bizda ishchi guruh tuzilgan, hali aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Lekin bu borada bizga topshiriq berilgan, kuzda hal bo‘ladi”, deydi G‘aybullayev. 

Shuningdek, HET rahbariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj iste’molchilarga elektr energiyasi xarajatlari uchun kuz-qish mavsumida ko‘mak berilishini ma’lum qildi.

“Aniq summasini, qancha muddatga ekani esimda yo‘q, noyabr oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga isitish mavsumi uchun elektr energiyasi iste’moli xarajati to‘lab beriladi”, deydi HET boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:10
 
105
0
qalampir.uz

3 yashar bolani o‘ldirgan erkak qamoqqa olindi

Avvalroq Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirgani xabar qilingandi. Qotilga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-

12 Jul 17:57
 
110
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sport tadbirlari orqali yoshlar qamrovini 10 million nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda – Nurbek Salomov

Qayd etilishicha, aholining jismoniy tayyorgarligini baholash maqsadida 11 ta yosh toifalari boʻyicha aholidan sport sinovlari qabul qilish tizimi yanada takomillashtirilib, bu borada alohida elektron platforma ishga tushirildi.Shuningdek, bugunga qadar 23 turdagi normativlar boʻyicha sinovlarni topshirish istagini bildirgan 4,2 million nafar yoshlar elektron roʻyxatdan oʻtdi va ularning 3,2 million nafaridan sport sinovlari qabul qilindi. Joriy yil umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ol

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. “O‘zbekiston bilan Turkmanist