calendar 11 Jul 15:10
eye 154
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

3 yashar bolani o‘ldirgan erkak qamoqqa olindi

image

Avvalroq Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirgani xabar qilingandi. Qotilga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, oilali, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan, ishsiz) nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.

Sudning 2024 yil 10 iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur voqea fonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerakligini aytgandi.


 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi

Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer ' tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yet

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi

Qonun (OʻRQ'1072-son, 26.06.2025-y.) bilan 'Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida'gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' kanalida'xabar berildi.Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi