calendar 01 Jul 04:28
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi

image
Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer ' tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.

Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar xaridorlardan tovar va yetkazib berish xizmati uchun toʻlovlarni qabul qilish huquqiga ega boʻladi. Bunda nazorat-kassa texnikasidan foydalanish va xaridorga elektron yoki qogʻoz shaklida chek yoki kvitansiya taqdim etilishi majburiy hisoblanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda alohida talablar qoʻyilgan. Xususan, transport vositalari va termokonteynerlar doimiy ravishda toza va soz holatda saqlanishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.

Shuningdek, nizomda kuryerlarga qator taqiqlar ham belgilandi. Jumladan, kuryer tovarning qadogʻini oʻzboshimchalik bilan ochishi mumkin emas. Shuningdek, xaridorlarning shaxsiy maʼlumotlari yoki yetkazib berilayotgan tovar haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish mutlaqo man etiladi.

Mazkur nizom elektron tijorat sohasini tartibga solish, kuryerlik xizmatini shaffof va qonuniy asosda tashkil etish hamda xaridorlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido

08 Jun 02:26
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir

08 Jun 02:26
 
143
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,

13 May 14:37
 
156
0
xs.uz

Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organ qaysi?

Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu qaror bilan mamlakatda kiberjinoyatchilikka qarshi tizimli va qatʼiy yondashuv joriy etilib, huquqni muhofaza qilish sohasidagi masʼuliyatli organlar va moliya muassasalari uchun yangi vazifalar belgilab berildi.Qarorga asosan, Ichki ishlar vazirligi