calendar 10 May 21:30
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Maktabdagi qartabozlik bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi (video)

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Maktabmi bu yoki qimorxona?" sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Tasvirlarda bir necha o‘quvchilarning dars paytida qarta o‘ynab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qo‘shimcha izoh berdi.

Unga ko‘ra, videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022/2023-o‘quv yilining taxminan oktyabr–noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda kuzatilgan. O‘quvchilar ustoziga bildirmasdan qartabozlik qilishgan, bu holatni o‘qituvchi ko‘rmagan.

Bu voqea o‘sha paytning o‘zida maktab ma’muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O‘z navbatida, o‘quvchilarning ota-onalaridan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
45
0
xs.uz

CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli

13 May 14:37
 
77
0
xs.uz

Andijonda “Equinox” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon shahrida 'Equinox', tez yordam mashinasi va 'Damas' rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bergan.Qayd etilishicha, hodisa kecha 12-may kuni soat 15:10 larda Andijon shahri Yusuf Otabekov, Mustaqillik va Bobur shohkoʻchalari kesishgan 'Klinika' chorrahasida yuz bergan. 40 yoshli X.G. 'Equinox' rusumli avtomashinasida Yusuf Otabekov koʻchasidan harakatlanib kelayotgan 'Wolsvagen' rusumli tez yo

13 Jun 00:36
 
31
0
xs.uz

Taʼlim-tarbiyada tanaffus yoʻq

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi yozgi taʼtil kunlarida ham oʻquvchilarning bilim olishlari va jismoniy chiniqishlari uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ayni loyiha ijrosi doirasida 42 ta umumtaʼlim muassasalarida kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Kunduzgi oromgohlarga 5200 nafardan ziyod oʻquvchi jalb qilinishi moʻljallangan. 'Barkamol avlod' bolalar maktabining 168 ta tarmoq

15 Jun 10:46
 
25
0
xs.uz

TDAU hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan agrar sohada ilgʻor texnologiyalar va tajribalarni joriy etishga qaratilgan kelishuv imzolandi

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida davlatimiz rahbarining 'Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qator tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzildi.'Made in Karakalpakstan' koʻrgazmasi hamda 'Qoraqalpogʻistonda investitsiya kiriting' invest