calendar 12 May 16:15
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Litvada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

image

Litvada bugun, 12 may kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. 2,5 millionga yaqin saylovchi kelasi besh yil ichida Litvada oliy davlat lavozimini kim egallashini hal qiladi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi.

So‘rovlar Litvani 2019 yildan beri boshqarib kelayotgan 59 yoshli professional iqtisodchi Gitanas Nauseda aniq favorit ekanligini ko‘rsatmoqda. Unga qarshi yana yetti nafar nomzod raqobatlashmoqda.

Saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan soat 22:00da yopiladi, birinchi natijalar 13 mayga o‘tar kechasi e’lon qilinishi kutilmoqda. Nomzodlardan hech biri mutlaq ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmasa, 26 may kuni Litvada saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi, unda eng muvaffaqiyatli ikki nomzod uchrashadi.

Ayni paytda mamlakatda ikki fuqarolikni joriy etish bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda.

Saylov kampaniyasi Ukrainadagi urush va uning Litva milliy xavfsizligi uchun oqibatlari, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy mavzularga qaratildi. Litva Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lib, Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi anklav va Belarus bilan chegaradosh. Kelgusi yillarda bu davlat NATOning ehtimoliy harbiy amaliyotlari uchun muhim bazaga aylanadi. Yevropadagi xavfsizlik vaziyatidagi o‘zgarishlar va Rossiyaning agressiv harakatlari fonida Germaniya Litva hududiga besh minggacha askardan iborat Bundesver brigadasini joylashtirishga va’da bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
31
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilnin

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga qoʻshin yuboradi

Donald Tramp AQSH-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi va Pentagonga u yerga qoʻshinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. Bu haqda 'The Washington Post' gazetasi AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmati hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salessesning aytishicha, birinchi toʻlqin bilan chegaraga kamida 1500 nafar quruqlik qoʻshinini jo