calendar 26 Aug 12:29
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

image
Immunitet ' inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam boʻlishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim.

1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish.

Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulgʻori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotlari, tuxum, qoʻziqorin) va sink (qovoq urugʻi, mol jigari, loviya, tuxum sarigʻi, bodom) moʻl boʻlgan mahsulotlar taomnomadan mustahkam oʻrin egallashi kerak.

2. Yetarli miqdorda uyqu.

Immunitet tizimining toʻgʻri ishlashi uchun yetarli miqdorda uxlash juda muhim. Katta yoshli insonlar uchun bir sutkada 7-8 soat uyqu tavsiya etiladi. Tiniqib uxlash orqali organizm virus va bakteriyalarga qarshi samaraliroq kurashadi.

3. Jismoniy faollik.

Jismoniy mashqlar immunitetni mustahkamlashning yana bir muhim yoʻli. Muntazam ravishda jismoniy mashgʻulotlarni bajarish organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va barcha tizimlarning yaxshi ishlashini taʼminlaydi.

4. Stressni kamaytirish.

Koʻplab izlanishlar stressning immunitet tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatishini isbotlagan. Uni kamaytirish orqali organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini yaxshilash mumkin. Stressga qarshi mustahkam turishning samarali yoʻllaridan biri meditatsiya qilish, nafas olish mashqlari va sport bilan shugʻullanishdir.

5. Yetarlicha suyuqlik ichish.

Suyuqlik ichish organizm faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun juda zarur. Chunki infeksiyalarga qarshi samarali kurashishda tananing gidratsiya holati yuqori darajada boʻlishi lozim. Bu ' suv, tabiiy sharbatlar va turli vitaminga boy shoʻrvalar orqali amalga oshirilishi mumkin.

6. Qoʻshimcha vitamin va minerallar.

Agar ratsionda turli vitaminlar yetishmasa, ularni qoʻshimcha tarzda qabul qilish mumkin. Ayniqsa, S, D vitamini va sink immunitet tizimini quvvatlantirishga yordam beradi.

7. Qoʻllarni muntazam yuvish.

Qoʻl gigiyenasi infeksiya tarqatmaslikning eng samarali yoʻllaridan biri. Ularni muntazam yuvish orqali organizmga virus va bakteriyalar kirishining oldini olish mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
15
0
xs.uz

Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta 'Rafale' qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.'Biz Fransiya prezidentiga 'Rafale'ni sotib olishga imkon bergani uc

22 Jul 08:45
 
85
0
qalampir.uz

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyor - CNN

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qildi. Bu haqda SNN yozmoqda. Zelenskiy Moskvaga joriy yilning noyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni taklif qildi. O‘tgan oy Shveysariyada bo‘lib o‘tgan avvalgi tinchlik konferensiyasiga Rossiya taklif

24 Aug 17:27
 
13
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga

16 Jul 18:11
 
102
0
xs.uz

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurmoqda. U 2026-yilda yakunlanadi

Finlyandiya hukumati tomonidan Finlyandiya va Rossiya oʻrtasidagi chegarada devor qurilishi reja boʻyicha amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi 'Yle' jamoat teleradiokompaniyasi.'Sharqiy chegara devori qurilishi reja asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish avgust oyining oxirida Janubiy Kareliya muzofoti Nuyyamaa aholi punktida boshlanadi va 70 kilometrni tashkil etadi', deyiladi manbada.Devorning qurilishi avval sinov panjaralarini qurish bilan boshlangan edi. Loyihaning tajriba bosqichi doiras