calendar 08 Mar 18:26
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Istanbul aeroporti Yevropadagi eng gavjum havo bandargohi sifatida tan olindi

image

Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti (Eurocontrol) bir haftalik davrda Yevropadagi aviatsiya holati to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Istanbul xalqaro aeroporti hisobot haftasida kuniga o‘rtacha 1321 ta reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.  

Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinlarni kunlik 1283 reys bilan Londondagi Xitrou aeroporti, 1266 reys bilan Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti, 1169 reys bilan Parijdagi Sharl de Goll aeroporti va 1131 reys bilan Frankfurt aeroporti egallagan.

Ma’lumot uchun, Istanbul xalqaro aeroporti 2018 yil 29 oktyabrda ochilgan bo‘lib, u 260 dan ortiq yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatadi. Aeroportdan uchuvchi yo‘lovchilar bir yilda o‘rtacha 200 millionni tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 May 16:23
 
25
0
qalampir.uz

AQSH Ukrainaga uchta HIMARS tizimini sotishni ma’qulladi

AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat berdi. Bu haqda AP xabar berdi. Qayd etilishicha, taxminan 30 million dollarlik bitim Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Davlat kotibi Entoni Blinken frontdagi vaziyatni “favqulodda holat”, deb atadi, bu esa Ukrainaga zudlik bilan zarur qurol-aslaha yetkazib berilishini anglatadi. Tizimlar AQSH armiyasi zaxiralarida mavjud. Avvalroq AQSH Ukrainaga 400 million doll

14 May 14:33
 
3
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainadagi urushga afrikalik yollanma askarlarni jalb qildi – UNIAN

Rossiya afrikalik yollanma jangchilarni "Go‘sht maydalagich" deb ataladigan Ukraina frontining old chizig‘iga jalb qilyapti. Bu haqda razvedka ma’lumotlariga tayanib, UNIAN xabar berdi. Qayd etilishicha, Afrika korpusi Rossiyaning Xarkov viloyatiga hujumida qatnashgan hamda kattagina yo‘qotishlarga uchragan. “Yollanma jangchilar hali bunday urushga tayyor emas edi. Ruslar afrikaliklarning ko‘pchiligi tirik qaytmasligini bila turib, jangchilarni oldingi chiz

14 May 14:33
 
2
0
qalampir.uz

Kim Chen In yangi snayper miltig‘ini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi qurol-yarog‘ zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda markaziy axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, u qurol ishlab chiqarish jarayoni va xususiyatlari bilan tanishgan. Shimoliy Koreya rahbari ushbu zavodda ishlab chiqarilgan yangi snayper miltig‘iga alohida e’tibor qaratgan. E’lon qilingan tasvirlarda Kim Chen In hatto snayper miltig‘ini sinab ko‘rgani va undan o‘q uzganini ko‘rish mumkin.  KXDR axborot agen

12 May 16:15
 
26
0
qalampir.uz

Litvada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Litvada bugun, 12 may kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. 2,5 millionga yaqin saylovchi kelasi besh yil ichida Litvada oliy davlat lavozimini kim egallashini hal qiladi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi. So‘rovlar Litvani 2019 yildan beri boshqarib kelayotgan 59 yoshli professional iqtisodchi Gitanas Nauseda aniq favorit ekanligini ko‘rsatmoqda. Unga qarshi yana yetti nafar nomzod raqobatlashmoqda. Saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan soat 22:00da yopilad