calendar 08 Mar 16:37
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Si Szinpin Xitoy qo‘shinlarini shay holatga keltirishga buyruq berdi

image

Xitoy rahbari Si Szinpin Qurolli kuchlarni dengizdagi harbiy mojarolarga tayyorgarlikni muvofiqlashtirishga, mamlakatning dengiz chegaralari va manfaatlarini himoya qilishga buyruq berdi. U bu haqda kecha, 7 mart kuni Xitoy parlamentining yillik yig‘ilishida ma’lum qilgan.

XXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kiberkosmik mudofaa tizimini yaratish va milliy tarmoq xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash zarur. Qolaversa, Si Szinpin harbiylarni islohotlarni olg‘a surishga va rivojlanayotgan hududlarda strategik imkoniyatlarni oshirish uchun innovatsiyalarni rag‘batlantirishga chaqirgan.

Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I mamlakatning Janubiy Xitoy dengizidagi huquqlarini himoya qilish majburiyatini yana bir bor tasdiqlagan va boshqa davlatlarning provokatsiyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natgan edi. Bundan avvalroq esa Eron, Xitoy va Rossiya birgalikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishi haqida xabar qilgandik. Ayni vaqtda esa Janubiy Koreya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan birga Freedom Shield qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
59
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa

17 May 21:47
 
33
0
xs.uz

“El Pepe” vafot etdi

U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar

31 May 08:50
 
6
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

04 Apr 16:20
 
64
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.