calendar 08 Mar 12:36
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH elchixonasi Moskvada ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi

image

AQSHning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni elchixonaning rasmiy veb-saytida tegishli bayonot e’lon qilindi.

“Elchixona ekstremistlar Moskvadagi yirik tadbirlar, jumladan, konsertlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda”, deyiladi xabarda. 

Diplomatik missiya mamlakatdagi fuqarolarini keyingi 48 soat davomida "katta yig‘ilishlarga" bormaslikka chaqirdi. Elchixonaning boshqa tavsiyalari orasida “mahalliy ommaviy axborot vositalarida yangiliklarni kuzatib borish” va “tevarak-atrofdagi voqealardan ehtiyot bo‘lish” ham bor.

Amerika elchixonasiga tayanib, xuddi shunday ma’lumotni Britaniya elchixonasi ham e’lon qildi.

Press-reliz e’lon qilinganidan so‘ng, AQSHning Rossiyadagi elchixonasi veb-saytining rus tilidagi versiyasining yangiliklar bo‘limi tegishli bayonot yo‘qolib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha,  7 mart kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi Rossiya TIVga chaqirtirilib, jiddiy ogohlantirilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
24
0
qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga hujumdan nimani maqsad qilganini aytdi

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida quruqlikdagi harbiy operatsiyani o‘tkazishidan ikkita asosiy maqsad ko‘zlangan. Bu garovdagi isroilliklarni qaytarish va HAMAS harakatini yo‘q qilish. Bu haqda yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi. “Biz o‘g‘irlab ketilganlarning avvalgi ozod qilinishi chog‘ida faqat HAMASga harbiy bosim ularning qaytishi uchun zaruriy shart ekanini isbotlaganmiz,”, degan Netanyaxu. Uning so‘zlariga k

11 Apr 13:56
 
50
0
qalampir.uz

Germaniya Ukrainaga Marder jangovar mashinalarining yangi partiyasini yuboradi

Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni federal hukumatdan Ukrainaga yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini yetkazib berish bo‘yicha buyruq oldi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni e’lon qilingan kompaniya press-relizida so‘z boradi. Qayd etilishicha, o‘rta darajadagi ikki raqamli millionlik buyurtma mart oyida berilgan va joriy yil davomida Kiyevga qo‘shimcha piyoda jangovar mashinalar yetkazib beriladi. Rheinmetall allaqachon uch xonali miqdordagi Marder’ni to‘g‘r

10 May 13:30
 
33
0
qalampir.uz

Belarus taktik yadroviy qurollarning “tezkor tekshiruvi”ni boshladi

Belarus Rossiya bilan sinxronlashtirilgan, taktik yadroviy qurol tashuvchilardan foydalangan holda kutilmagan tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda respublika Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich ma’lum qildi. Uning aytishicha, armiya tayyorgarligini tekshirish mudofaa xarakteriga ega va boshqa mamlakatlarga tahdid solmaydi. “Belarus Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni topshirig‘iga binoan joriy tekshirishga yadro qurolidan foydalanishga qodir kuchlar va vositala

11 May 17:16
 
14
0
qalampir.uz

Makron Yevropa xavf ostida ekanini aytdi

Yevropa o‘zini himoya qilish uchun yetarli vositalarga ega emas, u xavf ostida. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron YouTube'dagi kanalida foydalanuvchilarning savollariga javob berayotganida so‘z ochdi. “Agar xolis nazar bilan qarasak, biz yevropaliklar o‘zimizni himoya qilish uchun yetarli vositalarga ega emasmiz. Shuning uchun, birinchi navbatda, biz harbiy va geosiyosiy jihatdan xavf ostidamiz”, degan Makron. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xavf Ukraina