calendar 11 May 17:16
eye 25
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron Yevropa xavf ostida ekanini aytdi

image

Yevropa o‘zini himoya qilish uchun yetarli vositalarga ega emas, u xavf ostida. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron YouTube'dagi kanalida foydalanuvchilarning savollariga javob berayotganida so‘z ochdi.

“Agar xolis nazar bilan qarasak, biz yevropaliklar o‘zimizni himoya qilish uchun yetarli vositalarga ega emasmiz. Shuning uchun, birinchi navbatda, biz harbiy va geosiyosiy jihatdan xavf ostidamiz”, degan Makron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xavf Ukraina mojarosi bilan bog‘liq bo‘lib, uning ishtirokchilaridan biri Rossiya “yadro quroli va Yevropa hududiga yetib bora oladigan raketalarga ega”. Bundan tashqari, Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaga tahdid dunyoning hamma joyida – Xitoy, AQSH, Rossiya, yadroviy qurol ishlab chiqarishga harakat qilayotgan Eron va boshqa mamlakatlarda qurol-yarog‘ ko‘paytirish jarayoni kechayotgani bilan bog‘liq.

Ukrainadagi urush haqida to‘xtalar ekan, Makron Yevropa Ittifoqi yaqin haftalarda Kiyevga yordamini kuchaytirishini urg‘uladi.

"Bizning kelajagimiz va xavfsizligimiz Ukrainada xavf ostida. Shuning uchun, men aytganimdek, biz ukrainaliklarga ko‘proq jihozlarni yetkazib berishimiz kerak", deya qo‘shimcha qildi Fransiya rahbari.

Bundan tashqari, Makronning fikricha, agar rossiyaliklar biror nuqtada haddan oshib ketsa, Yevropa ularni tiyib turishga tayyor bo‘lishi kerak.

“Men chin dildan umid qilamanki, biz urushga bormaymiz, Fransiya urush kuchi emas, balki tinchlik kuchi. Lekin, agar biz tinchlikni xohlasak, uni himoya qilishimiz kerak. Shuning uchun biz to‘xtatuvchi bo‘lishimiz va raqiblarimizga nisbatan ishonarli tarzda “agar siz haddan tashqari uzoqqa borib, bizning manfaatlarimiz va o‘z xavfsizligimizga tahdid solsangiz, biz aralashish imkoniyatini istisno qilmaymiz” deya olishimiz kerak”, dedi Makron.

Shuningdek, Makron Yevropa iqtisodiy va texnologik jihatdan xavf ostida, deb hisoblaydi.

“Bugun biz iqtisodiy tanazzul xavfiga duch kelyapmiz. Biz juda ko‘p tartibga solamiz, yetarlicha sarmoya kiritmayapmiz, moliyaviy imkoniyatlarimiz yetarli emas”, deydi davlat rahbari.

U so‘nggi 30 yil ichida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining o‘sishi AQSHga qaraganda ikki barobar sekinroq bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Shuning uchun, Makron iqtisodiyotni karbonsizlantirishni jadallashtirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya rahbari aprel oyi oxirida Sorbonnada so‘zlagan nutqi chog‘ida Yevropa “o‘lishi” mumkinligidan ogohlantirgan edi. Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqi “AQSHning vassali” bo‘lmasligi kerakligini aytgan va qit’ada yangi xavfsizlik strategiyasini muhokama qilish niyati haqida gapirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:08
 
87
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn