calendar 07 Mar 20:14
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy elektron platforma ishga tushirildi

image
Mazkur platformaning rasmiy domeni' sinov tariqasida https://baburid.uz/ 'deb nomlanadi. Ushbu platforma uchun xarid qilingan internet maydoni hajmi 20'000 dan ziyod kitob, maqola kabi fayllarning yuklamasini o'zida mujassamlashga qodir.

Platformaning bosh sahifasiga tanlangan kontent va ma'lumotlar maktab yoshidagi bolalardan tortib katta yoshli auditoriyani ham o'ziga jalb qilishi nazarda tutilib, boburiylar davriga oid sara miniatyuralar, asarlardan iqtiboslar hamda 'O'zbekkino' ijodkori, rejissyor Bobur Sher o'g'li tomonidan suratga olingan 'Zahiriddin Muhammad Bobur' hujjatli tarixiy dramasidagi kerakli videolavhalar ajratib olindi va mavzulashtirilgan holda joylashtirib chiqildi.' Bundan maqsad' Boburning' badiiy obrazining yangi talqinini ijro etgan yosh aktyor Ilhom Berdiyev va xalqimiz tomonidan uzoq yillar davomida suyib qabul qilingan, O'zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov ijrosidagi suratlardan ham unumli foydalanildi.

Platformaning 'Virtual sayohat' bo'limida 'Bobur va jahon madaniyati muzeyi', 'Bog'i Bobur istirohat bog'i', 'Boburning ramziy qabri', 'Bobur xalqaro jamoat fondi', ' Andijon shaharsozlik madaniyati' muzeylariga sayohat qilish imkoniyati yaratildi.

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi muassisligida chop etilayotgan 'Bobur va dunyo' jurnalining elektron namunaviy ko'rinishlari ham aynan mana shu kutubxona qismidan joy olgan.

Kutubxonaning ilmiy nashrlar qismida bu ulug' zot va uning buyuk sulolasi haqida yozilgan jahon ilm-fanidagi nashrlardan tortib, respublika olimlarining ham monografiyalari joylashtirib chiqilgan.

Shu bilan birga platformaning boburshunoslik sohasiga ajratilgan sahifasida jahon boburshunosligiga salmoqli hissa qo'shgan xalqaro miqyosdagi nashrlar mualliflarining tarjimayi hollari va asarlarining elektron ko'rinishlari, O'zbekistondagi sohaning yetuk namoyandalarining faoliyati va ular tomonidan chop etilgan nashrlarning batafsil ma'lumotlari kiritilgan.

Platformaning yangiliklar bo'limida sohaga doir yangiliklar xronologik tartibda berib boriladi.

Hozirda saytning taqdim etilayotgan mazkur ko'rinishi platformaning poydevor qismi sanalib, 4 oy mobaynida tayyorlangan. Endilikda loyihaning davom ettirilish jarayonida ushbu platformaning mobil ilovasini yaratish,' platformaning tarmoqlarini ham ommabop, ham ilmiy asosda to'ldirish reja qilingan.

Ogʻabek Boyboʻtayev,

OʻzJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
20
0
xs.uz

Taniqli adib 75 yoshda

Oʻziga xos va maʼnodor hikoyalari, 'Galatepaga qaytish', 'Isteʼfo' kabi goʻzal qissalari, turgʻunlik yillari haqida soʻzlovchi ajoyib 'Lolazor' romani bilan oʻzbek kitobxonlari orasida sevimliga aylangan taniqli yozuvchi Murod Muhammad Doʻst bugun 75 yoshga toʻldi.Ijodkorni tugʻilgan kuni bilan tahririyatimiz nomidan chin dildan qutlab, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik, uzoq umr tilaymiz!DASHT-U DALALARDA(hikoya)Xadicha ketdiyu koʻnglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli

07 Mar 20:07
 
38
0
postda.uz

YANGI O‘ZBЕKISTON – INSON SHA’NI VA QADR-QIMMATI USTUVOR MAMLAKAT

Inson mavjudotlarning gultoji, aziz-u mukarramidir. Uning huquq va manfaatlari esa tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladi. Shu bois inson bu yorug‘ dunyoda tinch va xotirjam, baxtli va farovon hayot kechirishga haqli. Uning qadr-qimmatini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga oliy qadriyat darajasida qarash har qanday davrda ham ustuvor ahamiyat kasb etaveradi.Bugun O‘zbekistonda ham tom ma’noda insonparvar siyosat amalga os

11 Apr 13:55
 
16
0
postda.uz

Omad kalitidan to‘g‘ri foydalan

Har bir maqsadning muvaffaqiyatli ro‘yobiga erishish va omadsizlikdan qutulish mumkinmi? Buning uchun har kim ishni, avvalo, o‘zidan boshlagani ma'qul. Misol uchun, kitob o‘qish, o‘z ustida ishlash, bilmaganni so‘rab o‘rganish maqsadga muvofiq. Omad kaliti doim kissangizda bo‘lishini istasangiz, ba'zi qoidalarga amal qilishga to‘g‘ri keladi.1. Inson nafaqat o‘z xatti-harakatlari, balki ularning natijasi uchun ham mas'uliyatni bo‘yniga olishni, har bir ishi uchun javob

07 Mar 20:14
 
27
0
xs.uz

Bugun — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavallud topgan kun

Ijodkor 'Fazodagi hislar', 'Shafaq', 'Otalar yurti', 'Dostonlar', 'Oq nur', 'Ilhom parisi', 'Sen bir gulsan', 'Ona duosi' va boshqa sheʼriy asarlari, 'Boqiy dunyo', 'Ulugʻ saltanat', 'Sarbadorlar' kabi nazmiy va nasriy romanlari bilan milliy adabiyotimizni boyitdi. Adibning oʻnlab tarjimalari kitobxonlar qoʻliga yetib borgan.Oʻzbekiston madhiOʻzbekiston ' sen buyuk doston,Shoir yozdi qalb qoni bilan.Tugʻyon, armon, tepib turgan jon,Vijdoniyu imoni bilan!Ayamasdan yoshligin zinhor,Orzulari