YANGI O‘ZBЕKISTON – INSON SHA’NI VA QADR-QIMMATI USTUVOR MAMLAKAT
Inson mavjudotlarning gultoji, aziz-u mukarramidir. Uning huquq va manfaatlari esa tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladi. Shu bois inson bu yorug‘ dunyoda tinch va xotirjam, baxtli va farovon hayot kechirishga haqli. Uning qadr-qimmatini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga oliy qadriyat darajasida qarash har qanday davrda ham ustuvor ahamiyat kasb etaveradi.
Bugun O‘zbekistonda ham tom ma’noda insonparvar siyosat amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar inson dard-u tashvishlarini yengillatish, uning farovon hayot kechirishiga qaratilgan bo‘lib, xalq bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan xalqchil g‘oya qaror topdi va bu tobora mustahkamlanib bormoqda.
2023-yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumida tasdiqlangan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham «O‘zbekiston – huquqiy davlat» degan tamoyil qat’iy belgilanib, inson huquq va erkinliklari borasidagi normalar 3 baravarga ko‘paytirildi. Inson sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirildi. Jumladan, shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi, odamlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning «sukut saqlash» huquqi mustahkamlandi.
«Inson qadri uchun» tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yildi.
Yana bir muhim hujjat: yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi»da ham «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» belgilab olinganini e’tirof etish zarur. Jumladan, uning har bir yo‘nalishida fuqarolar uchun munosib shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdek ezgu maqsadlar mujassamlashgan.
So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida muhim o‘rin tutadigan sud-huquq tizimida tub islohotlar amalga oshirilayotganini alohida e’tirof etish zarur. Jumladan, nazorat instansiyasi bekor qilinib, fuqarolar va advokatlarning shikoyatlari ham, xuddi prokuror protesti kabi, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘riladigan tartib o‘rnatildi.
Ilk bor mansabdorlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turadigan ma’muriy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular orqali fuqaro va tadbirkorning huquqlari tiklanmoqda. Iqtisodiy va fuqarolik sudlarida prokurorning ishtiroki cheklandi, jinoyat ishlarini asossiz ravishda suddan chaqirib olish bilan bog‘liq amaliyotga barham berildi.
Xalqaro mehnat tashkilotining zamonaviy talablari va tavsiyalariga javob beradigan yangi Mehnat kodeksi qabul qilingani ham inson manfaatlarini, uning mehnat qilish va dam olish huquqlarini yuksak darajada ta’aminlashga xizmat qilmoqda.
Shu o‘rinda bevosita inson omilini ulug‘laydigan faktlarni keltirib o‘tmoqchiman:
Yaqin yillargacha mamlakatimizda bolalarning maktabgacha ta’lim qamrovi 30 foizga ham yetmasdi, aksariyat bolalar bog‘chaga bormasdi. So‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalarimiz qamrovi 67 foizga ko‘tarilgani insonga e’tiborning yana bir yorqin namunasi emasmi?
Maktab ta’limidagi islohotlar jamiyatda o‘qituvchilar maqomini oshirishdan boshlandi. Pedagog xodimlar ish haqi muntazam oshirilib, aksincha, o‘qituvchilar to‘ldiradigan hujjatlar soni kamaytirildi. Iqtidorli yoshlar uchun mutlaqo yangi turdagi Prezident maktablari va ijod maktablari tashkil etildi.
Bundan tashqari, 200 tadan ortiq yangi maktab barpo etildi va 3 mingdan ortiq mavjud maktablar rekonstruksiya qilindi va to‘liq jihozlandi. Shuningdek, 11 yillik maktab ta’limiga o‘tilishi munosabati bilan bo‘shab qolgan 383 ta kasb-hunar kolleji maktabga aylantirilib, qo‘shimcha 221 mingta o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Ko‘plab yangi oliy ta’lim dargohlari ochilib, ta’limning bakalavriat, magistratura va sirtqi shakllari uchun kvotalar oshirildi, kechki ta’lim shakli joriy etildi. Natijada maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oldingi 9 foizdan qariyb 30 foizga yetkazildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida ham muhim islohotlar izchil olib borilmoqda. Shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon va zarur buyumlar bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan davrda 12 barobar ko‘paytirildi. Avvallari ma’lum sabablar bilan yopilib ketgan oilaviy shifokorlik punktlari qayta ochildi, birlamchi tibbiyot xalqqa yaqinlashtirildi.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Yangi massivlar, shaharchalar qurilib, ehtiyojmand fuqarolarga uzoq muddatli ipoteka kreditlari va subsidiyalar asosida sotilmoqda.
O‘zbekistondagi inson omiliga e’tibor, uning huquq va erkinliklari ta’minlanishi, qonun ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, so‘z erkinligi, majburiy mehnatga chek qo‘yish va ochiq siyosat yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni bugun xalqaro hamjamiyat alohida e’tirof etmoqda.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifaga aylandi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Inson qadri tom ma’noda ulug‘lanib, «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oya hayotda o‘zining amaliy ifodasini topyapti.
Abduvosit SIDIQOV,
o‘z muxbirimiz.
KITOB – BEMINNAT USTOZ
IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v
“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”
Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko
KITOB – BEMINNAT USTOZ
IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v
KELAJAK YARATUVCHILARI
Ma’naviyat va ma’rifat darsi(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilay