Har bir maqsadning muvaffaqiyatli ro‘yobiga erishish va omadsizlikdan qutulish mumkinmi? Buning uchun har kim ishni, avvalo, o‘zidan boshlagani ma'qul. Misol uchun, kitob o‘qish, o‘z ustida ishlash, bilmaganni so‘rab o‘rganish maqsadga muvofiq. Omad kaliti doim kissangizda bo‘lishini istasangiz, ba'zi qoidalarga amal qilishga to‘g‘ri keladi.
1. Inson nafaqat o‘z xatti-harakatlari, balki ularning natijasi uchun ham mas'uliyatni bo‘yniga olishni, har bir ishi uchun javob berishni o‘rganishi kerak.
2. Taqdirdan tuhfalar kutib o‘tirish noto‘g‘ri, bu ketishda biron narsaga erishish amrimahol. Muvaffaqiyat har kunlik mashaqqatli mehnatdir.
3. Yaxshi lavozimga erishish yo‘lida kamchiliklar uchun qayg‘urish emas, fazilat va qobiliyatlarni ishga solish kerak. Chunki ular faqat bizga ayon va buni hammaga namoyon etish lozim. Har kim o‘zini munosib baholashni o‘rganishi, o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanishi zarur. Shunda o‘sish zinasi bo‘ylab harakat ham yoqimli va quvonchli kechadi.
4. Aksariyat insonlar xatoga yo‘l qo‘yishdan qo‘rqib, ishga qo‘l urmaydi. Xato qilish odamzotga xos, shunchaki uni ko‘ra bilish, tan olish va o‘z vaqtida to‘g‘irlash muhim.
5. Atrofdagilar bilan muomala qilish qoidalariga amal qilish ahamiyatli. Eng muhimi, jamiyatda har bir insonning o‘z o‘rni va qadri bo‘lsin. Atrofdagilarga qo‘ldan kelguncha yordam qiling, o‘zingiz ham ko‘mak yoki maslahat so‘rashdan uyalmang.
Unutmang, omad hammaga kulib boqadi, lekin har kim ham unga kulib javob qaytarmaydi va bu faqat ularning aybidir.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg
“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix
Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un