calendar 12 Feb 17:12
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqand global ekologik muloqot markaziga aylanmoqda

image
Aziz Abduhakimov yuqori martabali mehmonga Samarqandga tashrifi va CMS COP14 da ishtirok etayotganligi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Samarqand global ekologik muloqotlar markaziga aylangani, oʻtgan yilning kuzida oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiya (ICFS, FAO), soʻng CRIC21 sessiyasi (UNCCD)ga mezbonlik qilganini taʼkidladi. Aprel oyida esa aynan Samarqandda xalqaro iqlim forumi oʻtkazilishini aytib, UNEP vakillarini tadbirga taklif qildi.

Qolaversa, vazir COP14 xalqaro konferensiyasi katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

'Ushbu tadbir 130 mamlakatdan 1800 dan ortiq ishtirokchilarni, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha konvensiyalarni va butun dunyo boʻylab yetakchi mutaxassislarni birlashtirdi. Konferensiya shiori 'Tabiat chegara bilmaydi', chunki rostdan ham koʻchib yuruvchi hayvonlar uchun hech qanday chegara boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun ham transchegaraviy hamkorlikni kuchaytirish va tabiatni muhofaza qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish tarafdorimiz. Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish ustuvor vazifamizdir, chunki ekologik muvozanat, ekotizim va migratsiya turlari mintaqaviy va global hamkorlikni talab qiladi', ' dedi u.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan ekologiyani asrash borasida qilinayotgan ishlar, xususan, 'Yashil makon' loyihasi, Orol dengizi tubida keng koʻlamli oʻrmonzorlar barpo qilinayotgani alohida eʼtirof etildi. Shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish mexanizmlarini yanada qattiqroq qoʻllash, muqobil energiya manbalariga oʻtish va ekologik taʼlimni kuchaytirish muhim ekanligi taʼkidlandi.

Vazir 2024'2032-yillarga moʻljallangan koʻchib yuruvchi turlar boʻyicha CMS strategik rejasining qabul qilinishini qoʻllab-quvvatladi. Uchrashuv yakunida UNEP bilan havo sifati monitoringi, ekologik standartlarni takomillashtirish, choʻllanish va yer degradatsiyasiga qarshi kurash, plastik ifloslanish va ogʻir pestitsidlarni boshqarish, ekologik taʼlim va xabardorlikni oshirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish muhim ekanligi qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
31
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

25 Sep 13:14
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻs

08 Sep 16:44
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz'yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalar