Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
Farmonga koʻra, chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi'tashkil etiladi.
Agentlik chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar va standartlarni ishlab chiquvchi, sinovdan oʻtkazuvchi va amaliyotga tatbiq etuvchi, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi hamda chiqindilarni boshqarish sohasiga taalluqli davlat mulkini boshqaruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.
2025-yil 1-martdan sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlash mezonlari tasdiqlanadi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar aʼzolaridan koʻp narsani kutmoqda — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish'boʻlib oʻtmoqda.Davlatimiz rahbari avvalo 27-oktyabrda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini oʻzida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotimizni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda oʻchmas iz qoldirdi.Prezidenti
Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay
“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatla