calendar 09 Feb 09:54
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida uchta kumush medalga ega chiqdi

image

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Sunnatilla O‘sarov birvarakayiga 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.

-96 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan O‘sarov dast ko‘tarishda 161 kg, siltab ko‘tarishda 185 kg ni o‘ziga bo‘ysundirdi. Sportchi ikki kurash natijasiga ko‘ra, 346 kg bilan 3 ta yo‘nalishda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Hozirga kelib O‘zbekiston jamoasining musobaqadagi medallari soni 5 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -89 kg vazn toifasida Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempioni bo‘lgani xabar qilingandi.

U ikki kurash natijalariga ko‘ra, 362 kg lik toshni ko‘tarishni uddaladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
50
0
qalampir.uz

Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda yetakchiga aylanib oldi

Ayni kunlarda Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague Chess Festival 2024” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Ortda qolgan 4 ta turdan so‘ng Nodirbek 3 ochko jamg‘arib, eronlik Parxam Magsudlu bilan qo‘shhokimlik qilyapti. 3-turda mezbon shaxmatchi David Navarani mag‘lubiyatga uchratgan Abdusattorov 4-turda hindistonl

11 Apr 13:58
 
50
0
qalampir.uz

Vinisius APLga, Xvicha La Ligaga yo‘l olishi mumkin

Yevropada hali mavsum tugamasdanoq transfer haqida gap-so‘zlar avj oldi. QALAMPIR.UZ Yevropaning mashhur nashrlari bergan ma’lumotlarga tayanib, ushbu haftada chiqqan e’tiborga loyiq transfer yangiliklariga to‘xtaladi. “El Nacional”: Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniorni jamoaga olib kelmoqchi. “Mersisaydliklar” Vini uchun 172 million to‘lashga tayyor  va uni Salohga munosib o‘rinbosar sifatid

07 Mar 20:07
 
51
0
postda.uz

SHOHSUPADAGI O‘G‘LON

Ichki ishlar organlari tizimida ham yurtimiz faxriga aylangan dongdor chempionlar yetarlicha. Ulardan biri poytaxtning Yunusobod tumani IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tergovchisi, kapitan Faxriddin Sharipovdir. Qahramonimiz bolaligida otasi bilan boks zaliga birga borgan, mashg‘ulotlarda qatnashgan va shu orqali sportga kirib kelgan. Sharipovlarni sportchilar oilasi, deyishadi. Negaki, Faxriddinning otasi boks bilan professional shug‘ullangan,

11 Apr 13:58
 
25
0
qalampir.uz

DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi

Bugun, 6 aprel kuni Toshkent shahrida futbol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) kubogi bahslarining Toshkent shahar bosqichi yuzasidan brifing o‘tkazildi. Brifingda futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berilgani e’lon qilinib, mahallalar o‘z jamoalarini tayyorlashi, tegishli komissiyaga hujjatlarini takdim etishi so‘raldi.  Tadbirda Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman bo‘limlari boshliq