calendar 07 Mar 20:10
eye 83
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda yetakchiga aylanib oldi

image

Ayni kunlarda Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague Chess Festival 2024” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

Ortda qolgan 4 ta turdan so‘ng Nodirbek 3 ochko jamg‘arib, eronlik Parxam Magsudlu bilan qo‘shhokimlik qilyapti.

3-turda mezbon shaxmatchi David Navarani mag‘lubiyatga uchratgan Abdusattorov 4-turda hindistonlik Gukesh Domarjuga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.

Ma’lumot uchun, bugun, 2 mart kuni 19 yoshli Abdusattorov 5-tur polshalik Mateush Bartelga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi jahon reytingida 8-o‘ringa ko‘tarilib olgani xabar qilingandi. Bir necha kun oldin esa Nodirbek FIDE reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan birinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
16
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo

31 May 08:50
 
15
0
xs.uz

Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda

Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.

18 Apr 11:08
 
777
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

17 May 21:48
 
13
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl