calendar 07 Feb 15:45
eye 117
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalari qolib ketmoqda. Ayb kimda?

image

Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida ko‘plab yuk mashinalari qolib ketmoqda. Haydovchilar buning asosiy sababi sifatida yuk mashinalari uchun chegarani kesib o‘tish litsenziyasi narxining oshganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda “ASIA Plus” xabar berdi

Qayd etilishicha, Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi “Fotexobod” postida yuk mashinalari to‘planib qolgan. Shu yerdagi haydovchilardan birining aytishicha, 2024 yil boshidan beri ular uchun kerak bo‘lgan tegishli hujjatni olish qiyinlashgan va qimmatlashgan.

“Biz nima uchun bu qog‘oz – ruxsatnoma narxi birdaniga 100 foizga ko‘tarilib, 130 dollarga yetganini bilmaymiz. Hech kim bizga bu borada tushuntirish bermayapti”, deydi u.

Boshqa bir haydovchi esa bunday narxlar katta qiyinchiliklar tug‘dirishini aytgan.

“Xo‘janddan Toshkentga yuk tashish uchun yuk egasi yo‘l haqiga 450 dollar to‘laydi, O‘zbekistonda yuklarni tushirish uchun biz 220 dollar, ruxsatnoma uchun esa 130 dollar to‘laymiz. Bundan tashqari, Tojikistonga qaytish yo‘l haqini to‘laymiz, lekin yoqilg‘i narxi bilan bu shuncha xarajatga arzimaydi”, deb tushuntiradi haydovchi.

Ruxsatnoma O‘zbekiston tomonidan Tojikiston Transport vazirligiga yuboriladigan hujjatdir. Bu haydovchilarga xususiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi.

Ayni paytda, So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda barcha muammolar Tojikiston Transport vazirligiga bildirilgani va masala yaqin kunlarda hal qilinishini aytmoqda. 

“Ushbu masala yuzasidan Bojxona boshqarmasining viloyat hududiy boshqarmasi, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining So‘g‘d viloyati bo‘yicha Chegara xizmati bilan bog‘landik, viloyat raisi o‘rinbosari, huquq-tartibot bo‘limi boshlig‘i jalb etildi. Shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi orqali Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan bog‘landik. Shundan so‘ng Komissiya tuzildi. Komissiya a’zolari “Fotexobod” nazorat-o‘tkazish punktiga kelib, yig‘ilish o‘tkazdi. Mavjud muammolar mamlakat Transport vazirligi e’tiboriga havola etildi”, deydi u.

Viloyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kelgusida korxonalarga haydovchilarga qulay bo‘lishi uchun ruxsatnomani bank o‘tkazmasi orqali sotib olishi ko‘rsatma berilgan.

“Ushbu ruxsatnomalarni beruvchi ayrim kompaniyalarda noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan. Bu masala bilan mamlakat Transport vazirligi shug‘ullanmoqda. Men bu masalalarni muhokama qilish uchun Bosh vazir Kohir Rasulzoda bilan ham bog‘landim. Ishonchim komilki, tez kunlarda “Fotexobod-Oybek” nazorat-o‘tkazish punkti orqali yuk mashinalarini kesib o‘tishga ruxsat olish bilan bog‘liq muammo hal bo‘ladi”, deydi Rajabboy Ahmadzoda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
58
0
xs.uz

Zelenskiy Gʻarbni havo hujumidan mudofaa tizimlarini koʻproq yetkazib berishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkovni havo hujumlaridan himoya qilish bilan bogʻliq qiyin vaziyatni tan oldi va Gʻarbni havo hujumidan mudofaa tizimlarini koʻproq yetkazib berishga chaqirdi.'Ukrainadagi havo hujumidan mudofaa tizimlari yetarli emasligi aniq ' va bu bizning barcha hamkorlarimiz uchun ayon. Biz Xarkovni havoda koʻproq himoya qilish imkoniyatlarini qidirmoqdamiz', dedi u.Avvalroq, Ukrainaning DTEK energetika xoldingi bosh direktori Maksim Timchenko Ukrainaning havo mud

11 May 18:55
 
29
0
qalampir.uz

Quvayt Amiri parlamentni tarqatib yubordi

Quvaytda parlament saylovlaridan bir yarim oy o‘tib, Amir Shayx Mish’al al Ahmad al-Jobir as-Saboh parlamentni tarqatib yubordi va konstitutsiyaning bir qator moddalarini to‘rt yil muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Amir davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan xalqqa murojaatida ma’lum qildi. “Bu vaqt ichida mamlakatda demokratik jarayonning barcha jihatlari ko‘rib chiqiladi”, degan al-Jobir as-Saboh. Shuningdek, u demokratiyadan davlatni yo‘q qilish

10 May 13:30
 
15
0
qalampir.uz

“Krokus”dagi terakt Tojikiston imijiga jiddiy putur yetkazdi – Rahmon (video)

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Krokus Siti Holl”da sodir bo‘lgan terakt o‘z mamlakati obro‘siga jiddiy putur yetkazganini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 may kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan suhbatda so‘z ochdi. Uning fikricha, terrorizmga qarshi hamma joyda birgalikda kurashish kerak. “Ikki mamlakat razvedka xizmatlari o‘tgan yillarda yaxshi ishlagan, ammo afsuski, “Krokus Siti Holl”da fojia yuz berdi”, deydi Prezident. Rahmo

10 May 13:30
 
24
0
qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga hujumdan nimani maqsad qilganini aytdi

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida quruqlikdagi harbiy operatsiyani o‘tkazishidan ikkita asosiy maqsad ko‘zlangan. Bu garovdagi isroilliklarni qaytarish va HAMAS harakatini yo‘q qilish. Bu haqda yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi. “Biz o‘g‘irlab ketilganlarning avvalgi ozod qilinishi chog‘ida faqat HAMASga harbiy bosim ularning qaytishi uchun zaruriy shart ekanini isbotlaganmiz,”, degan Netanyaxu. Uning so‘zlariga k