calendar 11 May 18:55
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Quvayt Amiri parlamentni tarqatib yubordi

image

Quvaytda parlament saylovlaridan bir yarim oy o‘tib, Amir Shayx Mish’al al Ahmad al-Jobir as-Saboh parlamentni tarqatib yubordi va konstitutsiyaning bir qator moddalarini to‘rt yil muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Amir davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

“Bu vaqt ichida mamlakatda demokratik jarayonning barcha jihatlari ko‘rib chiqiladi”, degan al-Jobir as-Saboh.

Shuningdek, u demokratiyadan davlatni yo‘q qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bildirilishicha, to‘rt yillik o‘tish davri uchun Quvaytda qonun chiqaruvchi vakolatlar Amir va Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Al-Jobir as-Sabah bir qator deputatlarni Amirning valiahd shahzodani tanlash vakolatiga va hukumatni shakllantirish shartlarini belgilashga aralashishda aybladi. U aniq ismlarni aytmadi.

Valiahd shahzoda – odatda Quvaytning keyingi hukmdori – hozirgi Amir tomonidan tayinlanadi. Qonunga ko‘ra, taxt Amir vafotidan so‘ng avtomatik tarzda valiahd shahzodaga o‘tadi, biroq merosxo‘r parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Aprel oyi boshida saylangan yangi parlament 12 may kuni birinchi majlisga yig‘ilishi kerak edi, biroq bir qator deputatlar hukumat ishida ishtirok etishdan bosh tortdi. Quvayt Konstitutsiyasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tuzilishidan oldin kamida bitta deputat vazirlik vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi kerak, biroq Bosh vazirlikka nomzod yangi saylangan deputatlardan birortasini ishontira olmadi.

4,5 million aholisi bo‘lgan Quvaytda hokimiyat asosan hukmron Saboh oilasi a’zolari qo‘lida to‘plangan, biroq 1962 yilda mamlakat arab dunyosida birinchi bo‘lib parlament tizimini joriy qilgan va Fors ko‘rfazidagi boshqa hech bir davlatda qonun chiqaruvchi hokimiyat Quvaytdagi kabi katta ta’sirga ega.

Bundan tashqari, deputatlar hukumat a’zolarini ochiq so‘roq qilish va davlat byudjetiga ta’sir o‘tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Quvayt hukumatining faoliyati vaqti-vaqti bilan saylangan deputatlar va Amir tomonidan tayinlangan vazirlar o‘rtasidagi siyosiy nizolar uchramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 16 dekabr kuni Quvaytni 2020 yil sentyabridan beri boshqarib kelayotgan amir shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etgandi. Yangi Amir Mish’al al Ahmad al-Jobir 20 dekabr kuni Milliy Assambleya oldida qasamyod qildi va rasman mamlakat rahbari bo‘ldi. Amir rasman qasamyod qilganidan keyingi birinchi nutqida qonunchilar va ijroiya hokimiyatni mamlakat va xalq manfaatlariga zarar yetkazayotgani uchun qattiq qoralagan. Amirning keskin bayonotidan bir necha daqiqa o‘tib, hukumat iste’foga chiqqan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

20 Mar 12:55
 
81
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan