calendar 11 Apr 14:01
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zelenskiy Gʻarbni havo hujumidan mudofaa tizimlarini koʻproq yetkazib berishga chaqirdi

image
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkovni havo hujumlaridan himoya qilish bilan bogʻliq qiyin vaziyatni tan oldi va Gʻarbni havo hujumidan mudofaa tizimlarini koʻproq yetkazib berishga chaqirdi.

'Ukrainadagi havo hujumidan mudofaa tizimlari yetarli emasligi aniq ' va bu bizning barcha hamkorlarimiz uchun ayon. Biz Xarkovni havoda koʻproq himoya qilish imkoniyatlarini qidirmoqdamiz', dedi u.

Avvalroq, Ukrainaning DTEK energetika xoldingi bosh direktori Maksim Timchenko Ukrainaning havo mudofaasi bir necha oy avvalgiga qaraganda zaifroq ekanini aytgan edi.

Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Germaniyaning 'Bild' nashriga bergan intervyusida Rossiya qoʻshinlari tobora oldinga siljiyotgani va qurol-yarogʻ sohasidagi hozirgi vaziyat tufayli Ukraina qarshilik koʻrsata olmasligidan shikoyat qilgandi. Shu oʻrinda u mojaroni muzlatish gʻoyasini rad etdi.

Ukraina qoʻshinlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy avvalroq Gʻarbdan qurol-yarogʻ yetishmasligidan shikoyat qilib, shu sababdan Ukraina Qurolli kuchlari strategik mudofaaga oʻtganini taʼkidlagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 May 15:31
 
25
0
qalampir.uz

Afrika davlatlari mustamlakachilardan tovon puli talab qilmoqda

Afrika davlatlari uzoq yillar davomida mustaqillik, qashshoqlik va qullikdan mahrum bo‘lgan shafqatsiz ekspluatatsiya uchun sobiq mustamlakachilaridan badal to‘lashini  talab qilmoqda. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi. Ushbu mavzu San-Tome va Prinsipi Portugaliyadan tovon puli talab qilish niyatini e’lon qilganidan keyin yana dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ularning aytishicha, to‘rt asrdan ko‘proq vaqt davomida Yevropa davlatlari qullikka sotish uchun 12,5

11 Apr 13:56
 
53
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda toshqin boshlanganidan beri 86 ming kishi evakuatsiya qilindi

Qozog‘iston qutqaruvchilari mart oyi boshidan beri 86 ming fuqaroni suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Toshqin boshlanganidan buyon 86 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilindi. Jalq qilingan samolyot 2823 kishini qutqarib qoldi. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 8 ming 472 kishi bor. 81 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga olib keti

10 May 21:10
 
35
0
qalampir.uz

Ramzan Qodirovning jiyani “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Rossiya Davlat Dumasiga Chechenistondan saylangan deputat Adam Delimxonov ma’lum qildi.  Uning yozishicha, orden bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Mukofot berilishining aniq sabablari noma’lum. Delimxonov o‘z postida Hamzat Qodirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshidan

11 Apr 13:56
 
67
0
qalampir.uz

AQSH Ukrainaga husiylar uchun mo‘ljallangan qurollarni topshirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina Qurolli kuchlariga Yamandagi husiylarga olib ketilayotgan kemalardan tortib olingan qurol-yarog‘larni topshirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi. “2024 yil 4 aprelda AQSH hukumati Ukraina Qurolli kuchlariga 5 mingdan ortiq AK-47, pulemyotlar, snayper miltiqlari, RPG-7 va 500 mingdan ortiq 7,62 mm kalibrli o‘qlarni topshirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X’dagi sahifasida. Qayd etilishicha, AQSH hu