calendar 15 May 23:01
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

image

Bugun, 15 may kuni Yashnobod tumanida ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, soat 12:00 lar atrofida Maxtumquli ko‘chasida 1979 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli va 1974 yilda tug‘ilgan K.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli avtobuslari to‘qnashib ketgan. Yo‘l transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB  xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
70
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so'zladi.Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil

14 Apr 06:18
 
46
0
xs.uz

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Maʻlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Boboyev Faxriddin Atoyevich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.Faxriddin Boboyev Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, 'Oʻzcharmsanoat' uyushmasi raisi va boshqa bir qator masʼul vazifalarda ishlagan.

16 Apr 15:12
 
49
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

18 Apr 11:07
 
38
0
xs.uz

18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu