calendar 04 Apr 16:19
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrish

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so'zladi.

Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan, Aholi punktlari bo'yicha dastur ijrochi direktori Anaukladiya Rossbax, Cho'llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav va boshqalar ishtirok etdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish forum ishtirokchilariga videomurojaat yo'lladi.

Ishtirokchilar orasida 2 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar, jumladan, milliy va global ekologik tashkilotlar, xalqaro tuzilmalar rahbarlari, ekspertlar, olimlar va jurnalistlar, biznes vakillari bor.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo oldida turgan dolzarb iqlim muammolari muhokama qilindi, ekologik barqarorlik, 'yashil' iqtisodiy taraqqiyot va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida forumning xalqaro miqyosi va ishtirokchilarning nufuzi jahon hamjamiyati barqaror taraqqiyotning eng dolzarb masalalariga samarali yechim izlashda birgalikda sa'y-harakatlar olib borishga sodiqligi namunasi ekanini ta'kidladi.

O'tgan yili dunyoda ilk bor o'rtacha harorat Selsiy shakalasi bo'yicha bir yarim darajadan yuqoriroq ko'tarilgani qayd etildi. So'nggi o'n yillik meteokuzatuvlar tarixida eng issiq bo'ldi.

Buning oqibatida bugun biz barchamiz iqlim inqirozlarining salbiy ta'sirlari ' o'rmon yong'inlari va cho'llanish miqyosi ortib borayotgani, muzliklar qisqarayotgani, suv resurslari taqchilligi kuchayayotgani, havo sifati yomonlashayotganini his qilib turibmiz,'- dedi O'zbekiston Prezidenti.

Mintaqa mamlakatlari tomonidan Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishiga moslashish strategiyasi ishlab chiqildi va bir ovozdan ma'qullandi.

Orol dengizi qurishining oqibatlarini yumshatish, suvdan oqilona foydalanish, 'toza' energiya manbalarini kengaytirish dasturlari doirasida yevropalik sheriklar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani ta'kidlandi. Bunday sheriklik Markaziy Osiyoning barqaror 'yashil' taraqqiyotiga muhim hissa qo'shadi.

Shu ma'noda, iqlim o'zgarishini himoya qilish va unga qarshi kurashish masalalarini ilgari surishda global yetakchi bo'lgan Yevroittifoq bilan amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Iqlim o'zgarishi muammolari oziq-ovqat va energiya xavfsizligi bilan uzviy bog'liq ekani alohida ta'kidlandi.

Unumdor yerlar keskin kamayib bormoqda, bugungi kunda mintaqadagi jami yer maydonining 20 foizdan ortig'i degradatsiyaga uchragan. Chorak asrdan so'ng hosildorlik uchdan bir qismga kamayishi mumkin.

Shu munosabat bilan, o'rmon xo'jaligi va agrar sohaning moslashuvchanligini oshirish, shuningdek, 'Ufq ' Yevropa' dasturi doirasida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun ilmiy salohiyatimizni birlashtirish hayotiy muhim masala, deb hisoblayman,'- dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Prezidentimiz O'zbekistonda degradatsiyaga uchragan yer maydonlarini qisqartirish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi. 'Yashil makon' dasturi doirasida keng ko'lamli ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Orolbo'yining 2 million gektardan ortiq cho'l hududlarida qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar ekilgan.

Har yili Navro'z bayrami arafasida 'Markaziy Osiyoning yashil belbog'i' daraxt ekish mintaqaviy aksiyasini o'tkazish taklif qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni rivojlantirishning resurslarni tejaydigan va ekologik toza modeliga o'tish masalasiga ham e'tibor qaratdi.

Bu sohadagi asosiy yo'nalishlardan biri - 'yashil' energetika.

Kelgusi besh yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan bo'lib, bu issiqxona gazlari chiqindilari hajmini qariyb 16 million tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

Biz O'zbekistonning Parij bitimi doirasida bug' gazlari chiqarishni 35 foizga kamaytirish bo'yicha olgan majburiyatini muddatidan oldin bajarish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni ishga solishimizni ta'kidlab o'tmoqchiman,'- dedi davlatimiz rahbari.

Ushbu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarning davomi sifatida moliyalashtirish, texnologiyalar va vakolatlarni safarbar qilish uchun Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqining 'Suv - Energiya - Iqlim o'zgarishi' deb nomlangan tashabbusining Kotibiyatini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Bugungi forumda taqdim etiladigan Mintaqaning 'yashil' taraqqiyot konsepsiyasi alohida qayd etildi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga to'xtalar ekan, O'zbekiston Prezidenti 2040-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi ta'sirida yuqori darajadagi suv taqchilligiga duch kelishini ma'lum qildi.

Suv resurslarini tejash maqsadida irrigatsiya tarmoqlarini betonlash ishlari olib borilayotgani, suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarish bo'yicha sanoat bazasi yaratilayotgani, ular sug'oriladigan yerlarimizning deyarli yarmida, ya'ni qariyb 2 million gektarda joriy etilgani ta'kidlandi. Bunday chora-tadbirlar natijasida o'tgan yili qariyb 8 milliard kub metr suv iqtisod qilindi.

Markaziy Osiyoda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa'y-harakatlarni birlashtirish va bu sohada mintaqaviy dasturni ishga tushirishga chaqiramiz,'- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu masalalarning barchasini ekspertlar darajasida muhokama qilish uchun Orolbo'yi mintaqasida suvni tejaydigan texnologiyalar bo'yicha xalqaro forum o'tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, muzliklar holatini uzluksiz sun'iy yo'ldosh orqali kuzatish va mintaqaning tog' ekotizimlari uchun xavflarni erta aniqlash bo'yicha 'Kopernik' dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.

Toshkentdagi 'Yashil universitet' negizida tashkil etilgan Iqlim rezidensiyasi Markaziy Osiyodagi iqlim jarayonlarini o'rganish va monitoring qilish bo'yicha umumiy ilmiy-ekspert platforma vazifasini bajarishi mumkin.

Shu bilan birga, 5-aprel kuni Nukusda mintaqamizning ekologik muammolariga san'at loyihalari orqali e'tibor tortishga qaratilgan Orol madaniyat sammiti o'z ishini boshlaydi.

So'zining yakunida davlatimiz rahbari 'kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko'rish ' umumiy maqsad ekanini yana bir bor eslatdi.

Buning uchun muloqotlarni mustahkamlash, umumiy ezgu maqsadlar yo'lida birlashgan barcha davlatlarning sa'y-harakatlarini uyg'unlashtirish zarur,'- dedi O'zbekiston Prezidenti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Mar 16:11
 
36
0
xs.uz

Qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki sotmoqchi boʻlgan fuqarolar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi va Bojxona qoʻmitasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.P. yashash xonadoniga hujjatlari boʻlmagan 7 turdagi umumiy bahosi 101,2 million soʻmlik 2 ming 600 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish uchun olib kelgani aniqlangan hamda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olin

15 Apr 07:05
 
7
0
xs.uz

Turkiyalik fuqaro murojaati sababli “Uzbekistan Airways”ga chora koʻrildi

Unga koʻra, Turkiya fuqarosi Qoʻmitaga murojaat qilib, aviakompaniyaning Anqara-Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutinsiz) ovqat yetkazib bermaganligini bildirgan. Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan boʻlgan. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonin

26 Feb 17:05
 
47
0
xs.uz

Prezident Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va munosib nishonlash toʻgʻrisida qaror imzoladi

Mamlakatimizda 9-may'''Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga hissa qo'shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e'tibor va chuqur ehtirom ko'rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini ulug'lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.

19 Feb 00:20
 
77
0
xs.uz

Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi

'Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida 'Alisher Navoiy yili'ni yuqori darajada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qarori [PQ-43-son, 07.02.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi. Qarorga koʻra, Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil 'Alisher Navoiy yili' deb nomlanadi. Allomaning ijodiy