calendar 21 Apr 08:34
eye 1190
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.

'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz rahbari.

Lekin koʻp rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra koʻp ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan oʻzi shaxsan shugʻullanishi shart va zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak boʻlgan yangi-yangi masalalarni qoʻymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar koʻp.

Ayrim rahbarlar tendensiyalarni oʻrganib, xatarlarni toʻgʻri baholab, tadbirkorlarga yoʻl ochish oʻrniga oʻzlari toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.

Bundaylarga nisbatan qattiq chora koʻrilishi qayd etildi.

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning 'qoʻlini bogʻlayotgani', sohada korrupsiyani keltirib chiqarayotgani koʻrsatib oʻtildi.

25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oshiradi.

'Vazirlar, hokimlar qachon tadbirkorlarni eshitib, qaysi standartni yangilash, qaysi birini bekor qilish, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya roʻyxatidan chiqarishni oʻylab koʻrdi? Afsuski, bunga ijobiy javob yoʻq', deya qatʼiy eʼtiroz bildirdi Prezident.

Xususan, investorlar mamlakatimizdagi koʻp laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.

Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning oʻzida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar toʻqnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
55
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
42
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl

01 Jun 03:47
 
42
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

08 Jun 02:26
 
27
0
xs.uz

Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu