calendar 10 May 13:30
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Krokus”dagi terakt Tojikiston imijiga jiddiy putur yetkazdi – Rahmon (video)

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Krokus Siti Holl”da sodir bo‘lgan terakt o‘z mamlakati obro‘siga jiddiy putur yetkazganini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 may kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan suhbatda so‘z ochdi.

Uning fikricha, terrorizmga qarshi hamma joyda birgalikda kurashish kerak.

“Ikki mamlakat razvedka xizmatlari o‘tgan yillarda yaxshi ishlagan, ammo afsuski, “Krokus Siti Holl”da fojia yuz berdi”, deydi Prezident.

Rahmonning aytishicha, Tojikiston 30 yildan ortiq terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashib keladi va bu muammoni bevosita biladi.

“Tojiklar qadimiy tarix, madaniyat va sivilizatsiyaga ega qadimiy xalqdir. Bo‘lib o‘tgan voqea, albatta, biz uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Bu esa xalqimizning qiyofasiga, tarixiga, madaniyatiga, urf-odatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Biz bu borada siz bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Rahmon.

Shuningdek, u terrorizmning millati ham, dini ham yo‘qligini yana bir bor ta’kidlagan.

“Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga kelsak, siz bizning pozitsiyamizni 30 yildan ortiq vaqtdan beri bilasiz. Bizning pozitsiyamiz shunday: biz terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki tomonlama standartlarga qarshimiz. Terrorizmning millati ham, dini ham yo‘q”, deydi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dushmanlar davlatlar o‘rtasida janjal chiqarishni xohlashiga qaramay, Rossiya Tojikiston uchun strategik hamkor va ittifoqchi.

Bundan tashqari, Rahmon Vladimir Putinni mehnat muhojirlari masalasini muhokama qilishga taklif qilib, bu mavzuni nozik deb atagan.

O‘z navbatida, Putin Rossiya va Tojikiston razvedka xizmatlari umumiy tahdidlarni, jumladan, terrorizmni to‘xtatish uchun faol ishlayotganini aytgan.

“Bu ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, hamkasblar bir-biri bilan yaqin aloqada. Siz va men bu ishni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 may kuni Moskva shahrida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon , Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos Prezidenti Tongloun Sisulit, Gvineya-Bisau Respublikasi Prezidenti Sisoku Embalo qatnashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
44
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
35
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

27 Jan 00:54
 
35
0
xs.uz

Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di