calendar 15 May 19:00
eye 129
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatida hujum taktikasini o‘zgartirdi – ISW

image

Rossiyaning Xarkov viloyati shimolidagi hujum operatsiyalari sur’ati so‘nggi 24 soat ichida sekinlashdi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) hisobotida so‘z boradi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining hujumkor faoliyatining tabiati Xarkov viloyatiga chuqurroq kirib borish emas, balki chegara hududida bufer zonani yaratishga ustuvorlik berilgani haqidagi baholashga mos keladi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov 14 may kuni Xarkov viloyatida Ukrainaning qo‘shimcha bo‘linmalari joylashtirilgani va ular tomonidan mudofaa harakatlari boshlanganidan keyin vaziyat barqarorlasha boshlaganini aytdi.

ISW’ning har ikki tomondagi manbalari Rossiya qo‘shinlari yangi taktikalarni qo‘llayotgani – kichik hujum guruhlari (besh kishidan ko‘p bo‘lmagan) yordamida Ukraina pozitsiyalariga kirib borishi, shundan so‘ng ular boshqa kichik guruhlar bilan birlashib, yirikroq zarba guruhlarini tashkil etishini aytdi.

“Biroq, kichik hujum guruhlaridan foydalanish katta yo‘qotishlarga olib kelishi va hujumning umumiy sur’atini sekinlashtirishi mumkin”, deb yozadi ISW.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Anatoliy Bargilevichning ta’kidlashicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida Rossiya qo‘shinlari bu yo‘nalishda 1740 nafargacha askarini yo‘qotgan. ISW’ga ko‘ra, u bu raqamni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaydi, ammo qurbonlar soni 14 mayda kuzatilgan hujum operatsiyalarining umumiy sekinlashuviga mos kelishi mumkin.

“Hujum sur’ati nisbatan past bo‘lib qolsa, Rossiya kuchlari hududda oldinga siljish o‘rniga, yangi pozitsiyalarni qo‘lga kiritish va chegara hududida bufer zona yaratishga e’tibor qaratadi”, deya xulosa qiladi ekspertlar.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi boshlangandi. Prezident Vladimir Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlarini Ukraina himoyachilariga va’da qilingan qurollarni o‘z vaqtida yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Kiyevga 400 million dollargacha harbiy yordam ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qildi. Yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yerusti texnikasidan iborat bo‘ladi. Zelenskiy esa 14 may kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Xarkov va mintaqani himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari, xususan Patriot zarurligini aytdi

Amerikaning “Politico” nashri Rossiya qo‘shinlarining Xarkov viloyatidagi hujumi urush natijasi uchun burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi jangning boshlanishi ekanini yozdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
44
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

26 Feb 17:06
 
52
0
xs.uz

Rossiya AQSH bilan birga Ukraina yerlarida qazilma qazib olmoqchi

Rossiya AQSH bilan iqtisodiy hamkorlikka, jumladan, energetika va noyob yer minerallarini qazib olish sohasida ham ochiq ekanligini maʼlum qildi. Bu bayonot dushanba kuni Ukraina urushiga oid muzokaralardan soʻng berildi. Tomonlar iqtisodiy bitimlar tuzish imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqda.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika kompaniyalariga Rossiya tomonidan nazorat qilinayotgan Ukraina yerlarida noyob qazilma boyliklarni qoʻshma qazib olish taklifini bildirdi.Agar AQSH Rossiya meta

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

26 Feb 17:06
 
61
0
xs.uz

Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan — “Wall Street Journal”

AQSH prezidenti Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi uchta buyuk davlat: AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan yangi dunyo tartibini shakllantirishga olib keladi. Ushbu fikrlarni 'Wall Street Journal' sharhlovchisi Jerar Beyker ushbu nashrda chop etilgan maqolasida aytib oʻtdi.Muallifning qayd etishicha, AQSH global yetakchilik yukini juda uzoq vaqt davomida oʻz zimmasiga olganini va Amerikaning milliy manfaatlarini yanada torroq belgilash vaqti kelganini tan olmoq