calendar 07 Feb 05:01
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Qoraqalpogʻiston” radiokanali alohida toʻlqinda efirga uzatila boshladi

image
' Bugun nafaqat bizning jamoamiz, balki xalqimiz uchun ham tarixiy kun, ' deydi Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasi direktori Quoʻandiq Bekbaoʻliyev. ' Negaki, oʻzimiz uchun alohida toʻlqinga ega boʻla olmaganimiz ijodiy va texnik xodimlarimiz bilan birga tinglovchilarimizga ham noqulaylik tugʻdirayotgan edi. 'Qoraqalpogʻiston' radiokanalining efirga uzatilishini yaxshilash maqsadida 661 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, Nukus radiotelestansiyasiga RT-FMS-2001 markali 2,0 kVt quvvatga ega analog radiouzatkich oʻrnatilgani natijasida radiokanalimiz 24 soat davomida efirga uzatiladigan boʻldi.



Shu kunga qadar 'Qoraqalpogʻiston' radiokanali Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining 'Yoshlar' radiokanali tarkibida efirga uzatib kelinayotgan boʻlsa, endilikda 'Qoraqalpogʻiston' radiokanali alohida 107,8 toʻlqinida efirga uzatila boshladi va geografik hududi ham kengaydi. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida Nukus shahri bilan birga Xoʻjayli, Taxiatosh, Kegeyli, Nukus tumanlarida toʻliq hamda Shumanay, Chimboy, Amudaryo, Boʻzatov tumanlarining ayrim hududlarida 'Qoraqalpogʻiston' radiokanali yangraydigan boʻldi. Radiotoʻlqinning geografik qamrovini kengaytirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Gʻayrat Otajonov, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 18:23
 
47
0
xs.uz

Moskvadan Samarqandga uchgan yoʻlovchi samolyotda bomba borligini aytdi

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot yoʻlovchisi styuardessalarga uchoq bortida portlovchi modda borligini aytdi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov maʼlumot berdi.Bildirilishicha, joriy yilning 15-iyul kuni soat 03:15 da IIOlariga Domodedovo'Samarqand yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan 46 yoshli fuqaro М.А. (millati rus) mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga, 'samolyotda portlovchi modda bor', deb aytgani haqida xabar

15 Jul 12:03
 
29
0
qalampir.uz

13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan ke

26 Jul 10:20
 
4
0
xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dor

20 Jun 17:03
 
27
0
qalampir.uz

Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun jamg‘arma tashkil etiladi

Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli nizomi e’lon qilindi.  Nizomda keltirilishicha, byudjet muassasalari va tashkilotlari (tibbiyot muassasalari, barcha turdagi umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalaridan tashqari) xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi respublikadagi byudjet muassasalari va tashkilo