Moskvadan Samarqandga uchgan yoʻlovchi samolyotda bomba borligini aytdi
Bildirilishicha, joriy yilning 15-iyul kuni soat 03:15 da IIOlariga Domodedovo'Samarqand yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan 46 yoshli fuqaro М.А. (millati rus) mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga, 'samolyotda portlovchi modda bor', deb aytgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan Samarqand viloyati IIB Portlovchi moddalarni zararsizlantirish guruhi xodimlari tomonidan uchoq bortida tekshiruv olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida mazkur hech qanday portlovchi, yonuvchi yoki shubhali buyumlar aniqlanmagan.
'Tartibbuzar harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli, toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan', deydi Shohrux Gʻiyosov.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrifi kechiktirilgan Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro'y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.O'zbekiston Yaponiya tomonining 'Markaziy Osiyo + Yaponiya' birinchi sammitini o'tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarin
Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.Qayd etilganda, 'F.S.', 'A.I.', 'A.V.' va 'A.l.' MCHJla
Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u oʻzining Telegramʻdagi kanaliga yozib qoldirdi.'Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi 'Mehrli maktab' shifoxonasiga, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari koʻrgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak a
Qarshidagi televizor zavodida yirik yongʻin sodir boʻldi
Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga 'ALP TEXNO SERVIS' xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat taxminan 20:10 larda toʻliq oʻchirilgan.Yongʻin oqibatida MCHJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar koʻrgan. Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natij