calendar 26 Jul 10:20
eye 33
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

image
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981-yilda tugʻilgan shaxs (aylanuvchining otasi) yetkazishi kerak edi, ammo ota bu ish uchun 18 yoshli oʻz farzandini yuborgan.

Tezkor tadbir davom ettirgan masʼul tashkilotlar ota-bolaning yashash xonadoni koʻzdan kechirdi. Natijada 9,8 ming dona 'Zardeks', 250 dona 'Aminometil' hamda 15 dona 'Tropikamid' borligini aniqladi. IIBBning xabariga koʻra, ushbu kuchli taʼsirga ega dorlarning taxminiy narxi qora bozorda 857 milliondan ortiqroq turadi. Ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

'Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251/1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq,'firibgarlar 'bir dumalab' kadastr xodimiga aylanib olgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:58
 
75
0
xs.uz

Andijonda hokimlik mashinasiga miltillovchi chiroq oʻrnatildi

Unga koʻra, ushbu vaziyat tegishli tartibda yaqindan oʻrganilmoqda. Hozirdagi aniq maʼlumotlarga koʻra, ushbu tasvir avtomobillarga bezaklash xizmati koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti hududida, avtomashinani sozlash jarayonlarida olingan.Xizmat mashinasi haydovchisi bu qurilmani oʻrnatish uchun tarmoq orqali tasvirli koʻrinish yuborib, maʼsul shaxsdan bu uchun ruxsat soʻragan va darhol uni olib tashlash haqida koʻrsatma olgan. Shu vaqtning oʻzida sinov tariqasida oʻrnatilgan chiroql

16 Jul 10:59
 
82
0
xs.uz

48 soat ichida qoida buzilishiga oid jarima maʼlumoti kelmasa nima boʻladi?

Mazkur qonun loyihasi bir qator oʻzgarishlar joriy qilinishi mumkin. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.Shuningdek, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan holat muayyan qisqa muddat davomida qaror qabul qilinmagan taqdirda, huquqi

18 Jul 13:15
 
117
0
qalampir.uz

Japarovga O‘zbekistonga tashrifi davomida kimlar hamrohlik qiladi?

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 18 iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga yo‘lga chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, unda tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston m

17 Jul 13:44
 
69
0
xs.uz

Ishsizlik nafaqasi undirib berildi

Nurota tumanida yashovchi Toʻynazar Rahmonov adliya idoralarining sayyor qabuliga qadar mazkur moddalarda belgilangan huquqlarga ega ekanligini bilmasdi. Uning murojaati asosida tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, 25 million soʻmdan ortiq nafaqa pullari undirilishi taʼminlandi.Tumanning 'Alisher Navoiy' mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Tolibovaning tugʻish taʼtili davri uchun qonunchilikda belgilangan nafaqa toʻlovlari toʻlab beri