calendar 18 Jul 13:15
eye 118
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Japarovga O‘zbekistonga tashrifi davomida kimlar hamrohlik qiladi?

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 18 iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga yo‘lga chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, unda tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Japarov  Qirg‘izistoning O‘zbekiston Respublikasidagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Qirg‘iziston rasmiy delegatsiyasi tarkibi quyidagilardan iborat:

  • Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Bakit To‘roboyev;
  • Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev;
  • Prezident Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev;
  • Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanboyev;
  • Bosh prokuror Maksat Asanaliyev;
  • Ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva;
  • Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Azis Saparaliyev;
  • Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov;
  • Sog‘liqni saqlash vaziri Olimqodir Beyshenaliyev;
  • Transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayev;
  • Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev;
  • Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vaziri Jildiz Polotova;
  • Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev;
  • Adliya vaziri Ayaz Bayetov;
  • Prezident huzuridagi Milliy investitsiya agentligi direktori Talantbek Imanov;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish davlat agentligi direktori Nurlan Oruntayev;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish ishlari davlat agentligi direktori Kudaybergen Bazarbayev;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mulkini boshqarish davlat agentligi direktori Almazbek Primov;
  • Prezidentning Botken viloyatidagi vakolatli vakili Abdikarim Alimbayev;
  • Prezidentning Jalolobod viloyatidagi vakolatli vakili Tilek Tekebayev;
  • Prezidentning Norin viloyatidagi vakolatli vakili Altinbek Ergeshov;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayev;
  • Prezidentning Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili Ulanbek Daliyev;
  • Bishkek shahar meri Aybek Junushaliyev;
  • Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati raisi Samat Isabekov;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati direktori Ularbek Sharsheyev.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 18:20
 
67
0
qalampir.uz

Namanganda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyati Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 million so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 milliard 356 million so‘mlik tender savdolarida buyur

15 Jul 12:03
 
171
0
qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.  Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim ma

17 Jul 13:44
 
91
0
xs.uz

Ishsizlik nafaqasi undirib berildi

Nurota tumanida yashovchi Toʻynazar Rahmonov adliya idoralarining sayyor qabuliga qadar mazkur moddalarda belgilangan huquqlarga ega ekanligini bilmasdi. Uning murojaati asosida tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, 25 million soʻmdan ortiq nafaqa pullari undirilishi taʼminlandi.Tumanning 'Alisher Navoiy' mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Tolibovaning tugʻish taʼtili davri uchun qonunchilikda belgilangan nafaqa toʻlovlari toʻlab beri

27 Jul 12:24
 
72
0
qalampir.uz

O‘zbekistonliklar asosan nimadan vafot etayotgani aytildi

Statistika agentligi 2024 yil yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonliklar o‘limiga asosan nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 100 000 nafar  aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 238,6 nafarni, ayollar esa 201,6 ni tashkil qilgan. Shulardan 58,4 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi – o‘simtalardan, 6,6 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,3 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 fo