calendar 17 Jul 13:44
eye 91
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ishsizlik nafaqasi undirib berildi

image
Nurota tumanida yashovchi Toʻynazar Rahmonov adliya idoralarining sayyor qabuliga qadar mazkur moddalarda belgilangan huquqlarga ega ekanligini bilmasdi. Uning murojaati asosida tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, 25 million soʻmdan ortiq nafaqa pullari undirilishi taʼminlandi.

Tumanning 'Alisher Navoiy' mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Tolibovaning tugʻish taʼtili davri uchun qonunchilikda belgilangan nafaqa toʻlovlari toʻlab berilmaganligi adliya ish yurituviga olinib, toʻlanmay qolgan 26 998 000 soʻm miqdordagi pul mablagʻlari toʻlab berilishi taʼminlandi.

' Shuningdek, tumandagi korxona va tashkilotlarda oʻtkazilgan huquqiy targʻibot kuni tadbirlari doirasida Nurota tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi F.Roziqova, A.Amonova va M.Mahkamovalarning xizmat safari pullari toʻlab berilmayotgani aniqlandi, ' deydi Nurota tuman adliya boʻlimi boshligʻi Umid Suvonov. ' Maʼlum boʻlishicha, ular Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filialida malaka oshirgan, tegishli sertifikatlarni tuman tibbiyot birlashmasiga taqdim etgan boʻlsada, toʻlovlar amalga oshirilmagan.

Adliya idorasining aralashuvi bilan tuman tibbiyot birlashmasining 95 nafar xodimiga malaka oshirish kursida oʻqiganligi uchun xizmat safari xarajatlari toʻlab berilmagani aniqlanib, kiritilgan taqdimnomaga asosan 144 723 800 soʻm xizmat safari pullari undirib berilishi taʼminlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

12 Jul 17:47
 
143
0
xs.uz

Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan us