calendar 15 Jul 12:03
eye 174
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

image

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. 

Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim maktabi binosiga borib, maktab direktori T.U. o‘tirgan metodik o‘quv xonasiga kirib borib, u bilan hech bir sababsiz janjallashib qolgan. Janjal vaqtida xonada turgan stulni qurol sifatida qo‘llab, ushbu stul bilan direktorning bosh qismi va badanining duch kelgan sohalariga bir necha marta qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Erkakni ajratib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan shu maktabning o‘qituvchisi I.Q. ning ham boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Sudlanuvchi Y.M. sudda aybiga iqrorligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan kelganligi sababli 2023 yil 1 sentyabr kuni mahallada yashovchi qariyalarni uyiga chaqirib ehson qilishni rejalashtirgan va shu maqsadda 31 avgust kuni soat 14:00 larda Denov shahrida joylashgan dehqon bozoriga borib kerakli narsalarni xarid qilgan. Bozordan qaytishda maktabga kirib, turmush o‘rtog‘iga dars soati kam ajratilganidan jahli chiqib, direktor xonasiga borgan va dars soati nega kamayganini so‘raganida, o‘qituvchi “qo‘lingda quroling bo‘lsa otib tashla, xotining ishlasa shu, ishlamasa katta ko‘cha, arizasini yozib ketaversin, seni kim kiritdi maktabga, chiqarib yuboringlar buni, suf senga” deya javob bergan. Shundan so‘ng, holat sodir bo‘lgan.

Sud sudlanuvchi Y.M.ni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, uni 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta

19 Aug 07:03
 
18
0
xs.uz

Paxtachilik iqtisodiyotning erkin tarmogʻiga aylanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov bilan suhbat.Davr shiddatkor. Bugungi yangilanishlar aqlni shoshirib qoʻyyapti. Yurtimizda kechayotgan hayotiy islohotlar esa mamlakatni, odamlarni va yurt jamolini shunchalik oʻzgartirib yubordiki, ertaga emas, bugun yaxshi yashash kerak degan tamoyil tom maʼnoda oʻzini oqlay boshladi. Ammo tan olish kerak, globallashuv jarayoni, dunyodagi turli ziddiyatlar, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat yetishmovchiligi, cho

11 Aug 03:43
 
31
0
xs.uz

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos boʻladi

Prezident tomonidan 'Probatsiya toʻgʻrisida'gi qonun imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qonunga koʻra, probatsiya ' muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon be

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Prezident xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha muhim qonunni imzoladi

Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va 'Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Uy-joy kodeksida 'hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas' deb belgilandi.Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldin