calendar 11 Aug 03:43
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos boʻladi

image
Prezident tomonidan 'Probatsiya toʻgʻrisida'gi qonun imzolandi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.

Qonunga koʻra, probatsiya ' muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos boʻladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi. Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yurit

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

23 Jul 11:05
 
59
0
xs.uz

Yer uzum, osmon uzum…

Toqi ishkom misli osmon,Har taraf yulduz sochur.Voh ajab, bu ne sinoat,Yer uzum, osmon uzum.Darhaqiqat, bugun Oltiariq tumani uzum bogʻlarida oʻzgacha fayz va tarovat, oʻxshashi yoʻq goʻzallikning guvohi boʻlasiz. Har yonda moʻl-koʻlchilik, peshonasiga rayhon taqib, qoʻlida gulqaychi tutgan bogʻbonning erta koʻklamdan buyon qilgan mehnati bugun sharbatga toʻlgan bogʻlarda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.Ayni paytda Oltiariq tumanida aholi tomorqasi, fermer va dehqon xoʻjaliklari tasa