calendar 23 Jul 11:05
eye 59
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yer uzum, osmon uzum…

image
Toqi ishkom misli osmon,

Har taraf yulduz sochur.

Voh ajab, bu ne sinoat,

Yer uzum, osmon uzum.

Darhaqiqat, bugun Oltiariq tumani uzum bogʻlarida oʻzgacha fayz va tarovat, oʻxshashi yoʻq goʻzallikning guvohi boʻlasiz. Har yonda moʻl-koʻlchilik, peshonasiga rayhon taqib, qoʻlida gulqaychi tutgan bogʻbonning erta koʻklamdan buyon qilgan mehnati bugun sharbatga toʻlgan bogʻlarda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.

Ayni paytda Oltiariq tumanida aholi tomorqasi, fermer va dehqon xoʻjaliklari tasarrufida 4 ming 500 gektar uzum bogʻi mavjud. Shuningdek, 70 ming tonna sigʻimga ega 85 ta meva-sabzavot saqlashga ixtisoslashgan muzlatgichli omborxonalar tashkil etilgan. 67 ta eksportyor korxona, 30 dan ortiq logistika markazlari hamda 1 ta meva-sabzavot sotishga moʻljallangan ulgurji bozor faoliyat koʻrsatyapti.

2023-yili tuman iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biri sifatida 42,5 ming tonna uzum eksport qilindi. Eksport geografiyasi MDH davlatlaridan tashqari, Eron, Indoneziya, BAA, AQSH singari mamlakatlar hisobiga kengayishiga erishildi. Bu yilgi reja esa yanada yuksak. Hozirda oltiariqlik mirishkorlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar peshma-pesh jahon bozorlariga eksport qilinmoqda.

'Xayrullo Bahrom Boymatov' koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi tumanda uzumchilikka ixtisoslashgan eng katta xoʻjaliklar sirasiga kirib, bugungi kunda uning tasarrufida 70 gektar uzumzor bor. Har gektar yerdan 20 tonna uzum hosili yigʻishtirib olayotgan xoʻjalik aʼzolari tarmoqni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratayotir.



Uzum bogʻi yetmishda oilaga bir gektardan biriktirib berilgan boʻlib, oʻrtacha 150 ' 200 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan. Fermer xoʻjaligida uzumning anʼanaviy navlaridan tashqari, danaksiz, uzoq muddat saqlash mumkin boʻlgan va vinochilik uchun muhim uzum navlarini, kasalliklarga chidamli, tuproq va iqlim sharoitiga mos hosildor navlarni koʻpaytirish doimiy eʼtiborda. Shuningdek, ming tonna sigʻimga ega sovutkichli omborxona ham ishga tushirilgan.

Oltiariqlik tadbirkorlar tashabbus bilan bundan ikki yil oldin 'Fruit Siti' meva-sabzavotlar ulgurji bozori faoliyat boshladi. 3 gektar maydonni egallagan ushbu bozor qishin-yozin Fargʻona vodiysining turli hududlaridan tashrif buyuruvchi xaridoru sotuvchilar bilan gavjum.

' Bu yerda har kuni 500 ' 600 tonnagacha meva va sabzavotlar xaridorga yetkazib beriladi, shu maqsadda xorijlik va mahalliy tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan, ' deydi 'Fruit Siti' MCHJ rahbari Ahrorjon Fayzimatov. ' Ayni paytda yurtimiz mevalari Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, BAA, Qirgʻiziston, Qozogʻiston kabi davlatlarga joʻnatilyapti.

Muxtasar aytganda, Oltiariq tumanida bogʻdorchilik, xususan, uzumchilik kun sayin rivoj topib borayotir. Eng muhimi, sohaga marketing, zamonaviy va ilgʻor texnologiyalar keng tatbiq etilyapti. Jahon andozlari darajasida meva-sabzavotlarni sanoat usulida qayta ishlash va eksport salohiyati yuksalib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, aholi bandligini taʼminlash va farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha