calendar 06 Feb 12:56
eye 97
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ramazon Ahmadxo‘jayevich Ashrapov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Doniyor Qodirov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi. 

Ushbu majlisda tergov va ekspert-kriminalistika sohasiga oid faoliyatni tanqidiy ko‘rib chiqish, tergovchi va ekspertlarning malakasini oshirish, yangi tuzilgan Kriminologiya tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tizimni innovatsion va ilmiy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, axborot almashinuvi va qarorlar qabul qilish bo‘yicha zamonaviy huquqiy va ilmiy ishlanmalarni amalga keng joriy etish, sohada axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.

Shuningdek, tadbirda respublika hududida o‘tgan yilning hisobot davrida jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda sohaga oid boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilingan.

Yig‘ilishda ko‘tarilgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha soha mas’ullarining taklif va mulohazalari tinglanib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan.

Ma’lumot uchun, Ramazon Ashrapov avval Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
26
0
xs.uz

Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali'suhbatlashdi.Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni'qoʻlga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionligi boʻldi.​Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi'oʻrinni egalladi. Shu tar

09 Oct 18:32
 
21
0
xs.uz

Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan

20 Sep 00:22
 
24
0
xs.uz

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining “taqdiri”ga oid muhim farmon qabul qilindi

Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanilishiga oid 'Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda

20 Sep 00:21
 
23
0
xs.uz

Egasini kutayotgan muzey

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan 80 ta madaniyat markazidan 18 tasi oʻz binosiga ega emas. Achinarli jihati shundaki, ulardan aksariyatining moddiy-texnika bazasi haminqadar. Kattaqoʻrgʻon tumani madaniyat boʻlimi faoliyati bilan tanishib, bunga yana bir amin boʻldik.Tumandagi 5 ta madaniyat markazida tashkil etilgan toʻgaraklarda 58 nafar xodim 600 nafardan ziyod havaskorga musiqa va sanʼat sirlarini oʻrgatib kelmoqda.' Madaniyat tizimida 20-yildan buyon ishlayman, ' deydi