calendar 08 Sep 16:44
eye 37
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi

image
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali'suhbatlashdi.

Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni'qoʻlga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionligi boʻldi.



Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi'oʻrinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.



Davlat rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini taʼkidladi. Butun oʻzbek xalqi nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.

Chempionlar yuksak eʼtibor va doimiy qoʻllov uchun minnatdorlik bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
35
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga

27 Jan 00:53
 
36
0
xs.uz

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml

27 Jan 00:53
 
38
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi

31 Jan 15:20
 
30
0
xs.uz

Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.R.ning 'Monza' rusumli avtomashinasi salonidan tarkibida 'Tropikamid' moddasi mavjud boʻlgan 64 dona yelim idishda suyuqlik va 'Pregabalin' moddasi mavjud boʻlgan 19 dona oq-qizil rangli