calendar 06 Feb 10:03
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri “vido maktubi”ni yozdi

image

Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Alixon Smailov Vazirlar Mahkamasini respublika uchun eng muhim siyosiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan murakkab davrda boshqarganini aytdi. 

“Avvalo, Prezident Qosim-Jomart Kemelevich To‘qayevga o‘ta og‘ir davrda Qozog‘iston hukumatini boshqarishga ishonch bildirgani uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu ikki yil jamiyat uchun burilish davri bo‘ldi. Davlat rahbari yangi, adolatli Qozog‘iston qurishga qaratilgan eng muhim siyosiy va iqtisodiy islohotlarni boshladi. Hukumat faoliyati ana shu islohotlarni hayotga tatbiq etish, mamlakatimizning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan edi”, deb yozdi Smailov o‘zining Facebook’dagi sahifasida. 

U Hukumat va mahalliy ijro hokimiyati organlarining kelishilgan harakatlari tufayli muayyan natijalarga erishilganini ta’kidladi.  

“O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiy o‘sish 5,1 foizni tashkil etdi, barcha asosiy tarmoqlar ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Inflyatsiya 2 barobar kamaydi. Ketma-ket ikkinchi yil to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi: uning yillik hajmi 26-28 milliard dollar darajasida bo‘ldi”, deb tushuntirdi Smailov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Milliy jamg‘arma mablag‘lari 4 milliard dollarga ortib, 60 milliard dollarga yetgan. Reyting agentliklari milliy iqtisodiyotning suveren reytingi va investitsiya ishonchliligini tasdiqladi.  

“Hukumatdagi barcha hamkasblarimga, shuningdek, deputatlik korpusiga birgalikda va samarali mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozadi sobiq bosh vazir. 

Hukumatning iste’foga chiqishi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Alixon Smoilov boshchiligidagi hukumat iste’fosini qabul qilgan, bu qarorning sabablari ko‘rsatilmagan. Vazirlar Mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar vaqtincha Bosh vazir lavozimini egalladi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi a’zolariga yangi hukumat tasdiqlangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etish topshirildi. 

To‘qayev Smoilovni 2022 yil yanvarida Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimiga tayinlagan va 2023 yilning martida parlament quyi palatasiga saylovlardan so‘ng uni qayta tayinlagan edi. 

Mamlakat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha,  prezident 7 fevral kuni hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazadi,  unda respublikani o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari sarhisob qilinadi va istiqboldagi rejalar belgilab olinadi.  .


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
15
0
xs.uz

Saraton metastazlarida yashovchi bakteriyalarning batafsil katalogi tuzildi

Ushbu tadqiqot bakteriyalarning saraton kasalligiga (yoki terapiyasiga) qanday yordam berishi yoki toʻsqinlik qilishi va bundan bemorlar uchun qanday foydali tomonlari boʻlishi mumkinligini yaxshiroq tushunishga koʻmaklashadi.Inson organizmida milliardlab mikroorganizmlar yashaydi: bakteriyalar, viruslar va drojalar ' bizning mikrobiomimiz. Biz ularga, ular esa bizga kerak. Masalan, bakteriyalar yegan ovqatimizni hazm qilishimizda yordam beradi va patogenlarga qarshi kurashish uchun immunitet

11 Apr 13:56
 
42
0
qalampir.uz

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Saudiya Arabistonining Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xalqni Ramazon hayiti bilan tabriklash asnosida ma’lum qildi. O‘rinbekov mamlakat rahbari Sadir Japarov ko‘magida Makka shahrida tahsil olayotgan va ziyorat qilayotgan Qirg‘iziston fuqarolari bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan mehmonxo

11 Apr 13:56
 
59
0
qalampir.uz

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

O‘zbekiston va Ozarbayjon kompyuter ko‘magida qo‘shma taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda kecha, 9 aprel kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilisho‘icha, ikki davlat o‘rtasida kompyuter ko‘magida taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari “Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida imzolangan 2024 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi”ga muv

11 Apr 13:56
 
48
0
qalampir.uz

Imomali Rahmon fuqarolarni xalq sha’niga dog‘ tushirmaslikka chaqirdi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon respublika fuqarolarini siyosiy hushyor bo‘lishga, tojik xalqi sha’niga dog‘ tushirmaslikka, manfaatdor kuchlar tomonidan kattalar va bolalardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda u Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi. “Biz farzandlarimizni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular ulug‘vor ajdodlarimiz nomi va xotirasiga munosib bo‘lib, xalqaro maydonda davlat va millatning obro‘-e’t