Saraton metastazlarida yashovchi bakteriyalarning batafsil katalogi tuzildi

Inson organizmida milliardlab mikroorganizmlar yashaydi: bakteriyalar, viruslar va drojalar ' bizning mikrobiomimiz. Biz ularga, ular esa bizga kerak. Masalan, bakteriyalar yegan ovqatimizni hazm qilishimizda yordam beradi va patogenlarga qarshi kurashish uchun immunitetimiz bilan birga ishlaydi. Ayniqsa, ichak bakteriyalari, jumladan, saraton mavzusida keng oʻrganilgan. Masalan, ular immunoterapiya va kimyoterapiya samaradorligiga taʼsir qilishi mumkin.
Ammo bu mittigina 'qoʻshnilarimiz' ichaklardan tashqarida ham yashaydi. Jumladan, ular oʻsmalarda ham uchraydi. Yangi usullar tufayli tadqiqotchilar bu mikroblarni yaxshiroq tushunishni boshlashdi. Ammo bakteriyalar oʻsimtaga qanday kirib qolishi va ular u yerda nimalar qilishi koʻp jihatdan nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Shu bois ularning kasallik va davolash samarasi uchun qanchalik muhimligi noaniq boʻlgan.
'Bemorlar oxir-oqibat metastazlar tufayli olamdan oʻtishlari va koʻplab davo choralari aynan ularga qaratilganligi sababli olimlar guruhi aynan metastazlarni diqqat bilan oʻrgandi, ' deydi tadqiqotchi Tomas Battalya. ' Axir, oʻsmalardagi bakteriyalar haqida maʼlumotlar kam edi. Endilikda esa saraton metastazlarida mavjud boʻladigan bakteriyalar xaritasi tuzildi'.
Tadqiqotchilar 26 turdagi saratonning 4000 dan ortiq metastazlari toʻqimalarida mavjud DNK kodini tahlil qilishdi. Bu genetik materialdan nafaqat inson hujayralari, balki qanday bakteriyalar borligini ham koʻrish mumkin. Chunki ularda ham DNK mavjud.
Olimlar bakteriyalar va terapiya samaradorligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni ham aniqladilar. Masalan, oʻpka saratoni bilan ogʻrigan va metastazlarida fuzobakteriyalar boʻlgan bemorlarda immunoterapiya ushbu bakteriyalar boʻlmagan kasallarga qaraganda yomonroq kechgan.
'Bizning ishimiz oʻsmalarga yordam berishi mumkin boʻlgan bakteriyalar bilan kurashishga yoʻnaltirilgan davo choralarining yangi shakllarini oʻrganish imkonini beradi, ' deydi tadqiqot hammuallifi Ayris Mimpen. ' Bu bizga oʻsmalarning murakkab muhiti qanday ishlashini tushunishga koʻmaklashadi, bu muhitda barcha turdagi hujayralar, shu jumladan bakteriyalar birga yashaydi va bir-biriga oʻzaro taʼsir qiladi'.
Shuningdek, mavjud bakteriyalar qanchalik xilma-xil boʻlsa, qoʻshni oʻsimta hujayralari shunchalik faol boʻlishi aniqlandi.
Tadqiqot natijalari 'Cell' jurnalida chop etilgan.
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq