calendar 06 Feb 05:01
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bagʻdod tumanida yangi taʼlim maskanlari qad rostlamoqda

image
Eʼtiborlisi, loyiha qiymati 5,5 mlrd. soʻmga baholangan ushbu muassasa qishloq aholisining hamjihatligi, tadbirkorlarning homiyligi natijasida hashar yoʻli bilan bunyod etildi.

Shuningdek, tumanning Irgʻoli qishlogʻida 62-maktabning 330 oʻrinli yangi binosi foydalanishga topshirildi. 'Tashabbusli byudjet' loyihasi doirasida 900 mln. soʻm mablagʻ evaziga yangi bino qad rostladi. Oʻz navbatida viloyat mahalliy byudjetidan 1,5 mlrd soʻm, tuman mahalliy byudjetidan 360 mln. soʻm ajratilib, zamonaviy sport zali qurib bitkazildi.



' Shu kungacha boshlangʻich taʼlim olish uchun qishloq yoshlari 2-3 kilometr uzoqdagi qoʻshni mahallada joylashgan maktabga qatnashar edi, ' deydi Bagʻdod tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Adhamjon Xonkeldiyev. ' Endilikda bu noqulaylikdan bartaraf etildi. Yangi binoda oʻqish va sport bilan shugʻullanish uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi.

Yangi taʼlim maskanlarining foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbirda Prezident maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 May 10:57
 
12
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda zargarlik uchun olib kirilgan qimmatbaho toshlar soliqdan ozod etildi

O‘zbekistonda zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanv

15 May 13:25
 
19
0
qalampir.uz

Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bobur Alisher o‘g‘li Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Bobur Xudjamov 1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.  Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida tu

10 May 13:32
 
46
0
qalampir.uz

Mirziyoyevning Moskvaga safari yakunlandi (foto)

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Ayni damda, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini b

11 Apr 14:00
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonda ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Koʻrgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi koʻzda tutilgan.Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻladi.Shuningdek, 'Texnofest -2024' doirasida ishtirokchilar oʻrtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi muso