calendar 15 May 10:57
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda zargarlik uchun olib kirilgan qimmatbaho toshlar soliqdan ozod etildi

image

O‘zbekistonda zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, “Turizm to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 16:47
 
57
0
qalampir.uz

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:  25 iyul kuni soat 15:00 da; 26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylar

03 Sep 21:34
 
8
0
xs.uz

Turkiyada Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi

Turkiyaning Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.Qayd etilishicha, haykalning ochilish marosimi 'Bir boʻlsak ' yagona xalqmiz, birlashsak ' Vatanmiz!' shiori ostida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston Mustaqilligining 33-yilligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan.Tadbirda nutq soʻzlagan elchi Alisher Aʼzamxoʻjayev Alisher Navoiy haykalining oʻrnatilishida hissa qoʻshganlar, jumladan, Kechioʻren tumani hokimligi ha

26 Jul 10:20
 
36
0
qalampir.uz

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib faoliyat yuritgan psixologlarga javobgarlik belgilanmoqda 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholiga psixologik yo

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari