calendar 10 May 13:32
eye 133
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyevning Moskvaga safari yakunlandi (foto)

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Ayni damda, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha,  ko‘plab tarixiy dalil va misollar O‘zbekiston xalqi buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shganini yaqqol tasdiqlagan.

Dahshatli urush boshlangan birinchi kunlardanoq o‘zbekistonliklar fashizmga qarshi mardona kurashga otlangan. O‘sha paytda respublika aholisi 6,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1 million 950 mingdan ortig‘i yovuz dushman bilan yuzma-yuz bo‘lib qonli janglarda ishtirok etgan. Bu o‘g‘lonlarning 538 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bo‘lgan. 158 ming nafardan ko‘prog‘i bedarak ketgan.

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 ming nafardan ziyodi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 301 nafar yurtdoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari esa uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik ofitserlar orasidan o‘nlab generallar, mohir qo‘mondonlar yetishib chiqqan.

O‘zbekiston urush yillarida front ortidagi mustahkam ta’minot bazasiga aylangan. Respublikadan jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, palatka, parashyut va boshqa zarur mahsulotlar yuborilgan. 

Urush bo‘layotgan hududlardan O‘zbekistonga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirilib, tezlik bilan ishga tushirilgan. O‘zbekiston aholisi 1941-43 yillarda mudofaa fondiga 475 million rubldan ortiq mablag‘ni, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiyoriy ravishda topshirgani g‘alabani yaqinlashtirishga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan.

“O‘sha suronli yillarda xalqimiz gumanizm va insoniylik bobida o‘ziga xos tarixiy maktab yaratdi. Urush alangasi ichida qolgan hududlardan ko‘chirib keltirilgan, turli millatga mansub 1 million 500 mingga yaqin insonlar O‘zbekistondan panoh topdi. Ularning orasida 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi. Xalqimiz ularga mehr berdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Ikkinchi jahon urushida jang qilgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan ajdodlarning jasoratini abadiylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Urush qatnashchilari va nogironlari har yili rag‘batlantirilmoqda. Toshkent shahrida ulkan G‘alaba bog‘i ochildi, shu kungacha u yerga 2 million 200 ming nafardan ziyod ziyoratchilar tashrif buyurgan.

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ygan. Yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan uchun jonini fido qilgan turli millatlarga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining qahramonligi va jasorati ramzi hisoblanadi.

Prezidentlar bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirgan. Marosim yakunida faxriy qorovul va orkestr tantanali ravishda saf tortib o‘tgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari

04 Jun 02:44
 
136
0
xs.uz

Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi 'Oʻrmontexnoservis' davlat unitar korxonasi negizida 'Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi' davlat muassasasi tashkil etiladi.Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Aqlli oʻrmon xoʻjaligi' (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

13 May 14:37
 
141
0
xs.uz

Buxorodagi “chigirtkalar bosqini” yuzasidan mahtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlumot berildi

Buxoro viloyatining ayrim hududlariga minglab chigirtkalar yopirilgani toʻgʻrisidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan FVV matbuot xizmati maʼlumot berdi.Unga koʻra, viloyat hududida zararli chigirtkalar tarqalganligi boʻyicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.Shunga asosan, viloyat FVB, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar voqea joyiga yetib borib, hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlov berish amaliyoti bajarilgan.