calendar 05 Feb 18:41
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Arab dengizida qaroqchilar hujumi kuchaymoqda

image

Dengiz qaroqchiligi hodisalari nafaqat Somali qirg‘oqlarida, balki Arab dengizida ham Yamandagi husiylar harakati va AQSH boshchiligidagi harbiy-dengiz kuchlari koalitsiyasi o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi sababli ko‘paydi. Bu haqda Braziliya dengiz floti kontr-admirali Antonio Brash de Souzga tayanib,  “Folha de S.Paulo” gazetasi xabar berdi. 

Joriy yilning yanvar oyida Braziliya harbiy-dengiz kuchlari Somali qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz liniyalariga qaroqchilar hujumiga qarshi kurashish uchun yaratilgan xalqaro dengiz ishchi guruhiga qo‘mondonlikni o‘z zimmasiga oldi. Nashrning yozishicha, Braziliya uchinchi marta ishchi guruhga boshchilik qilmoqda, biroq 2021 va 2022 yillarda mintaqada vaziyat unchalik keskin va xavfli bo‘lmagan.

“Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan beri nafaqat Somali qirg‘oqlarida, balki Arab dengizida ming kilometrdan ortiq masofada ham qaroqchilarning bir necha marta hujumi sodir bo‘ldi”, deydi kontr-admiral. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, husiylar va AQSH boshchiligidagi koalitsiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchayganidan keyin mintaqaga jinoyatchilik qaytgan.

2022 yil avgust oyida Xalqaro dengiz palatasi va boshqa tegishli xalqaro tuzilmalar Somali qirg‘oqlari yaqinidagi qaroqchilar kemalar uchun xavf tug‘dirishni to‘xtatgani sababli Hind okeani uchun 2023 yil 1 yanvardan "yuqori xavfli hudud" maqomini bekor qilishga qaror qildi. 

Ma’lumot uchun, G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirishini va urush tugamagunga qadar ular bilan bog‘liq kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasliklarini aytdilar. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar 2023 yil noyabr oyi o‘rtalaridan beri Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida 30 dan ortiq tinch aholi kemalariga hujum qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
11
0
xs.uz

Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi kuchlariga qarshi quruqlikda operatsiya oʻtkazadi

Turkiya Qurolli kuchlari prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning Iroqqa tashrifidan soʻng Kurdiston ishchilar partiyasiga (KIP) qarshi keng qamrovli quruqlikdagi operatsiya oʻtkazadi. Bu haqda 'Hurriyet' gazetasi oʻz manbalarga tayanib xabar bermoqda.Erdogʻanning Iroqqa tashrifi 22-aprel, dushanba kuni rejalashtirilgan.Nashrga koʻra, Turkiya Qurolli kuchlari yoz oylarida Iroq shimolida KIPga qarshi keng koʻlamli quruqlikdagi harbiy operatsiya oʻtkazishni kutilmoqda.Erdogʻan Anqara yozda Iro

11 Apr 14:01
 
32
0
xs.uz

Suv toshqinlari tufayli Qozogʻistonning bir qator hududlarida favqulodda holat eʼlon qilindi

Qozogʻistonda yuz bergan suv toshqinlari tufayli mamlakatning Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Gʻarbiy Qozogʻiston, Ulitau, Aqmola, Qaragʻanda, Atirau, Pavlodar va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida favqulodda holat qayd etilgan.Bundan tashqari, mamlakatning 7 ta shahrida: Aqtoʻbe, Uralsk, Qoʻstanay, Arkaliq, Koʻkshetau, Temirtau va Petropavlovskda favqulodda holat saqlanib turibdi.Eslatib oʻtamiz, 6-aprel kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston xalqiga toshqin tufayli yuzaga kelgan

11 Apr 13:56
 
24
0
qalampir.uz

Ispaniya Bosh vaziri dunyo hamjamiyatini Falastinni tan olishga chaqirdi

Ispaniya Falastin davlatini tan olishga tayyor, ammo xalqaro hamjamiyat Falastinning mavjudligini tan olmay turib, unga yordam bera olmaydi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi. Sanches Madrid yozgacha Falastinni tan olishini aytdi va bunday qadam zarurligini ta’kidladi. Ispaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari G‘azo sektorida “asrning eng ayanchli insonparvarlik fojialaridan biri” ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi. &ldquo

11 Apr 13:56
 
30
0
qalampir.uz

Fransiya Armanistonga boshqalar sotib ololmaydigan harbiy texnikalarni bermoqchi

Rasmiy Parij Yerevanga boshqalar ololmaydigan harbiy texnikani beradi. Bu haqda Fransiyaning Armanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olive Dekotini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.  “Fransiyada hamma davlatlar xohlaydigan harbiy texnika bor. Fransiya esa ularni faqat Armanistonga yetkazib beradi”, degan Dekotini “Politico” nashrining “Fransiya uchuvchisiz harbiy radarlarga ega” nomli maqolasini ilova qilgancha. Ma’lum