Suv toshqinlari tufayli Qozogʻistonning bir qator hududlarida favqulodda holat eʼlon qilindi
Bundan tashqari, mamlakatning 7 ta shahrida: Aqtoʻbe, Uralsk, Qoʻstanay, Arkaliq, Koʻkshetau, Temirtau va Petropavlovskda favqulodda holat saqlanib turibdi.
Eslatib oʻtamiz, 6-aprel kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston xalqiga toshqin tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyat munosabati bilan murojaat qilgan edi. Prezident tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha imkoniyatlari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi kuchlari safarbar etilganini taʼkidladi.
Ayni paytda 3745 ta xususiy turar-joy binolari suv ostida qolmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro mudofaasi va harbiy boʻlinmalar qoʻmitasining masʼul xodimi Erasil Saypash maʼlum qildi.
' Avariya-qutqaruv ishlariga kechayu kunduz 16 ming 375 kishi va 1 ming 600 dan ortiq texnika, 377 suv nasos uskunasi, 81 suv kemasi, 15 samolyot jalb etilgan. Ayni paytda 7 ta viloyatda ' Atirau, Aqtoʻbe, Aqmola, Qoʻstanay, Sharqiy Qozogʻiston, Shimoliy Qozogʻiston va Pavlodar viloyatlarida 3745 ta xususiy turar-joy binosi, 421 ta hovli hududi suv ostida qolmoqda, ' deydi Erasil Saypash.
Norvegiyadagi muzliklarning erishi 3000 yillik poykanlarning topilishiga sabab boʻldi
Iqlim oʻzgarishi sababli muzlarning erishi koʻplab arxeologik topilmalarning topilishiga sabab boʻlmoqda. Norvegiyadagi olimlar oʻrganishlar mobaynida yaxshi saqlanib qolgan 3000 yillik kamon oʻqini topdi. Bu haqda 'New York Times' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Espen Finstad' tashkiloti tomonidan Yutunxeymen togʻlarida topilgan poykon hali ham kvartsit uchi va patlari bilan bogʻlangan. Ushbu kashfiyot butun dunyo boʻylab muzliklarning erishi natijasida topilgan minglab artefa
Zelenskiy AQSHda. U nima maqsadda bordi?
Rossiyaning Ukrainadagi ikkinchi yirik shahri Xarkovga hujumi oqibatida 21 kishi yaralandi, ularning orasida 8 yoshli bola ham borligi aytilmoqda. Yaradorlardan ikki nafarining ahvoli ogʻir. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya oddiy turarjoy binosini nishonga olish uchun 'Glide' bombalardan foydalanganini taʼkidladi. Viloyat gubernatori aytishicha, hujum sodir boʻlgan paytda odamlar uyquda boʻlgan. Xarkov shahar kengashining maʼlum qilishicha, hujum oqibatida 18 ta bino zarar koʻ
Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek
Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi
Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga