calendar 27 Jul 10:44
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda bog‘cha opa 3 yashar bolani kaltakladi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25 iyul kuni haqiqatdan ham Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021 yilda tug‘ilgan 3 yoshli I.S. ismli qizga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Oxirgi paytlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning bog‘cha tarbiyachilari tomonidan kaltaklanishi ko‘p bora sodir bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yilning may oyida Andijonda bog‘cha opa avval ikki bolani urishtirib, keyin o‘zi ham kaltaklagandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bog‘cha opa yosh bolalarni kaltaklagandi va bog‘cha tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandi. Shuningdek, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada faoliyat yurituvchi tarbiyachi ham bog‘cha bolalarini ketma-ket yoniga chaqirib, shafqatsizlarcha yuziga va tana qismiga shippak bilan urgani uchun ishdan olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
40
0
xs.uz

Namanganda axborot texnologiyalari sohasi yangi bosqichga koʻtarildi

Matbuot anjumanida 'Synergy Hub Academy' xorijiy korxonasi va 'RealSoft Namangan' masʼuliyati cheklangan jamiyatlari loyihalarining taqdimoti oʻtkazildi. Birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining 'Sinergiya' korporatsiyasi Namanganda raqamli kasblar texnikumi tashkil etgani haqida batafsil gap bordi.' Mazkur texnikum Sinergiya universitetining Namanganda amalga oshirayotgan pilot loyihasi boʻlib, axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan kasblarni yoshlarga oʻrgatish maqsad qilingan

18 Jul 12:17
 
95
0
qalampir.uz

Respublika “GAI” rahbari lavozimidan ozod etildi

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Olim Saidov Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining o‘rinbosari – Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat y

15 Jul 12:03
 
84
0
xs.uz

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

'Qamchiq' dovonida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda 'Qamchiqavtoyoʻl' xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Guliston'Boʻka'Angren'Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent'Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 'Isuzu' rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan.Foto: 'Qamchiqavtoyoʻl'Maʼlum qilinis

15 Jul 12:03
 
121
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta